5-modda. Ommaviy axborot vositalarining erkinligi
O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bo’lib, o’z faoliyatini ushbu Qonunga va
boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, ommaviy axborot vositalarida
chiqish, o’z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir.
Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga binoan axborotni izlash, olish, tarqatish huquqiga ega
hamda tarqatilayotgan axborotning xolisligi va ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |