22-modda. Ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazishni rad etish
Ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
•
ommaviy axborot vositasining maqsad va vazifalari qonun hujjatlariga zid bo’lsa;
•
ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi ariza ushbu Qonunga muvofiq
ommaviy axborot vositasini ta’sis etish huquqiga ega bo’lmagan yuridik yoki jismoniy shaxs
nomidan berilgan bo’lsa;
•
ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi arizada ko’rsatilgan ma’lumotlar
haqiqatga mos kelmasa;
•
bundan avval aynan bir xil yoki adashtirib yuborish darajasida o’xshash nomdagi ommaviy
axborot vositasi ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa.
Ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazish rad etilgan taqdirda, rad etish asoslari ko’rsatilgan
yozma xabarnoma qaror chiqarilgandan keyin o’n kun ichida arizachiga yuboriladi.
Muassis ro’yxatdan o’tkazuvchi organning ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazishni rad etish
to’g’risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
23-modda. Ommaviy axborot vositasi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani haqiqiy
Dostları ilə paylaş: |