Tahririyat o’z nomini oshkor etmaslik sharti bilan berilgan axborot, ma’lumotlar, faktlar yoki dalillar
manbaining nomini, shuningdek taxallusini qo’ygan muallifning nomini ularning yozma roziligisiz oshkor
Tahririyat axborot manbaining yoki taxallusini qo’ygan muallifning talabiga binoan ularning nomidan
sudda ishtirok etishi mumkin.
34-modda. Raddiya berish va javob qaytarish huquqi
Yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida e’lon qilingan, haqiqatga mos kelmaydigan
hamda o’zining sha’ni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obro’sini tahqirlovchi ma’lumotlar uchun raddiya
berishni tahririyatdan talab qilishga haqlidir.
E’lon qilingan material tufayli huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan yuridik va jismoniy shaxslar
mazkur ommaviy axborot vositasida raddiya yoki javobni e’lon qilishga haqlidir. Raddiya yoki javob
berilishiga sabab bo’lgan material bosilgan ayni o’sha sahifada maxsus rukn ostida e’lon qilinishi kerak.
Raddiya yoki javob gazetalarda ular olingan kundan e’tiboran bir oy ichida, boshqa davriy nashrlarda
navbatdagi sonda e’lon qilinishi shart.
Tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa elektron
shakllari tahririyati tomonidan olingan raddiya yoki javob aynan o’sha dastur yoki turkumda, kelgan
kunidan e’tiboran bir oydan kechiktirmay efirga beriladi.
Agar raddiya yoki javobni e’lon qilish hajmi va vaqti ommaviy axborot vositasining faoliyatiga zarar
yetkazishi mumkin bo’lsa, matnni axborot manbai yoki muallif bilan kelishilgan holda asoslangan tahrir
qilishga yo’l qo’yiladi.
Ommaviy axborot vositasi raddiyani, javobni e’lon qilishdan bo’yin tovlasa yoxud ularni e’lon qilish uchun
belgilab qo’yilgan muddatni buzsa, yuridik yoki jismoniy shaxs da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishga
haqlidir.
Dostları ilə paylaş: