35-modda. Rasmiy xabarlar va axborotni e’lon qilish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ta’sis etilgan ommaviy axborot vositalari shu
organlarning rasmiy xabarlari va materiallarini, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarini e’lon qilishi shart.
Favqulodda vaziyatlar to’g’risidagi shoshilinch xabarlar yoki vakolatli davlat organlari tomonidan
jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazish maqsadida berilgan xabarlar barcha ommaviy axborot vositalarida
e’lon qilinadi.
Sudning aynan shu ommaviy axborot vositasida e’lon qilish to’g’risidagi ko’rsatmasi bo’lgan, qonuniy
kuchga kirgan qarorini tahririyat sud qarorida ko’rsatilgan muddatda bepul e’lon qilishi shart.
Ushbu moddaning birinchi - uchinchi qismlarida nazarda tutilganidan boshqa har qanday axborot, xabar
va e’lon tahririyat bilan tuziladigan shartnoma asosida e’lon qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |