39-modda. Nizolarni hal etish
Ommaviy axborot vositalarining tashkil etilishi, faoliyat ko’rsatishi va faoliyatining tugatilishi sohasida
yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
40-modda. Ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan
tartibda javobgar bo’ladilar.
Bosh muharrir, shuningdek jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga mos kelmaydigan
materiallarni tarqatganlik uchun quyidagi hollarda javobgar bo’lmaydi:
•
agar bu ma’lumotlar rasmiy xabarlardan, normativ-huquqiy hujjatlardan yoki rasmiy statistika
hisobotlari ma’lumotlaridan yoxud axborot agentliklari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlarining matbuot xizmatlari orqali olingan bo’lsa;
•
agar bu ma’lumotlar oldindan yozib olinmasdan efirga beriladigan mualliflik chiqishlarida mavjud
bo’lsa yoki chiqishlarning so’zma-so’z takrorlanishi (stenografiya, audio-, videoyozuvi) bo’lsa.