7-mashg’ulot. Mavzu:Ommaviy axborot vositalarida axborot kurashi.
Reja:
1.Dunyo axborot muvozanatining o‘zgarishi.
2.Xalqaro axborot makonida ba’zi davlatlar ustunlikka erishish uchun intilayotganligi tendensiyasi, ular tomonidan xalqlar, davlatlar va madaniyatlar haqidagi tasavvurlarni o‘z manfaatlari nuqtai nazaridan aks ettirishga intilish.
3.«Birinchi darajali davlatlar» va «To‘liq shakllanmagan davlatlar» haqidagi afsonalarni yaratishning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan destruktiv oqibatlari.
.Schiffman H.R. Sensation and Perception: An Integrated Approach. 5th Edition. – John Wiley & Sons, 2001. – 608 p.
QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR
O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan axborot sohasidagi xalqaro huquqiy me’yorlar.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. O‘zbekiston nashriyoti, 2017
Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent. O‘zbekiston nashriyoti, 2017
Axborot muvozanati — qarama-qarshi kuchlarning, hodisalarning tenglashuvi, uyg‘unlashuvi tufayli sodir bo‘ladigan nisbiy turg‘unlik, osoyishtalik.
Axborotni ommabop, e’tibortortar va ekspressiv (ta’sirli) axborot ga aylantirish muhimdir.
Axborot dunyosidagi davlatlarning maqsadi – o‘z siyosiy qarashlari, madaniyati va turmush tarzini jahon hamjamiyati hayotiga singdirishdir.
Bir xil axboriy syujetlarning tinimsiz takrorlanishini rus tadqiqotchisi L.G.Antonova “aylanuvchi eshik effekti” deb ta’riflagan.
Media-gigantlar katta hajmdagi axborot bilan birga o‘zining g‘oya va mafkurasini ham tarqatmoqda.
Amerikada nishonlanadigan Xellouin bayrami haqida yaxshi bilamiz. Biroq Ugandada an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan meva sayli haqida eshitmaganmiz, shundaymi?
Dunyo miqyosida uzatiladigan jami axborotning 62 foizi AQSh haqida bo‘lgani holda, atigi 2 foizi sayyoradagi yirik qit’alardan biri – Afrika haqidadir.
Nazorat uchun savollar.
1.Axborot muvozanati deganda nimani tushunasiz?
2.Antonovaning axborot haqidagi fikrini izohlab bering.