“ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siri va undan himoyalanish. Re-azkurs.org (1)
Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda „antikultura“ („gʻayrimadaniyat“) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun „Pop (ommaviy) madaniyat“ tushunchasi, nochorlikdan qoʻllanilmoqda. Chunki, „ommaviy madaniyat“, aslida madaniyatsizlik, yaʼni maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. „Ommaviy madaniyat“ shu boisdan, eng avvalo, yuksak isteʼdod va oʻlmas maʼnaviy-axloqiy gʻoyalar bayroqdori boʻlgan mumtoz madaniyatga, sanʼatga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnogʻi bilan kurashib, uni inkor etib keladi.