7. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
7.1. Mijoz istalgan vaqtda Shartnomani bajarishdan voz kechishi mumkin, buning uchun Ilovani
akkauntidan o‘chirib tashlaydi.
7.2. Akkaunt o‘chirib tashlangan vaqtdan boshlab Shartnoma bekor qilingan hisoblanadi. Ushbu
Shartnomaning bekor qilinishi Ilova doirasidagi kredit mahsulotlari bo‘yicha Shartnomaning
tugatilganini anglatmaydi, agar bunday xizmatlar faollashtirilgan bo‘lsa.
7.3.Mijoz o‘z shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlanishiga roziligini chaqirib olish huquqiga ega, bu
haqda u Shartnomaning 10-bo‘limida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha elektron pochtaga xat
jo‘natadi.
8. NIZOLARNI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI
8.1. Mazkur Shartnoma bo‘yicha yuzaga keladigan har qanday kelishmovchilik muzokaralar yo‘li
bilan yoki Mijozning murojaati asosida da’volarni ko‘rish tartibiga binoan hal qilinadi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va unga bo‘lgan talablar O‘zbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligi bilan belgilab beriladi.
8.2. Agar yuzaga kelgan kelishmovchilik muzokaralar yo‘li bilan hal qilinmasa, u holda Bank
ro‘yxatdan o‘tgan manzil bo‘yicha tegishli sudda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun
hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
8.3. Mijoz bilan da’volar bo‘yicha ishlash va Mijozga texnik yordam ko‘rsatish xizmatlari bevosita
tegishli talablarni qabul qilish, ularni ishlash va kelib tushgan talablarga javoblarni yuborish orqali
taqdim etiladi. Mijozlardan talablar elektron pochta orqali yoki shartnomaning 10-bo‘limida
ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali qabul qilinadi.
9. BOSHQA SHARTLAR
9.1. Bank bilan Mijoz o‘rtasidagi ushbu Ommaviy ofertada bayon qilinmagan boshqa barcha
masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
9.2. O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi va
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq ushbu bilan Mijoz ixtiyoriy
ravishda, o‘z xohishiga binoan va o‘z manfaatlari yo‘lida Bankka uchinchi shaxslarga bank sirini
tashkil etgan va shaxsga doir ma’lumotlarga oid axborotlarni, shuningdek Bank o‘z
majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo‘ladigan boshqa qonun bilan himoyalangan sirlarni
taqdim etishiga rozilik beradi.
9.3. Tomonlar hujjatlarni elektron shaklda, shu jumladan Ilova orqali to‘ldirilgan va tuziladigan
hujjatlarni ham oddiy yozma shaklda tuzilgan hujjatlar sifatida tan olishga kelishib olganlar.
9.4. Agar ushbu Ommaviy ofertaning biror-bir qoidasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi
qonun hujjatlariga muvofiq ravishda noqonuniy deb topilsa va/yoki o‘z kuchini yo‘qotsa,
Ommaviy ofertaning bunday qoidalari Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llanilmaydi va
Ommaviy ofertada qayd etilgan dastlabki maqsadlarga maksimal darajada javob beradigan boshqa
yangi qoidalar bilan almashtiriladi. Ommaviy ofertaning boshqa qoidalari o‘zining yuridik kuchini
va haqiqiyligini to‘liq saqlab qoladi.
9.5. Ushbu Ofertaning akseptlash orqali Mijoz Shartnomaning barcha shartlariga o‘z roziligini
beradi va ularni bajarish majburiyatini zimmasiga oladi.
6
9.6. "TBC Bank" ATB mahsulotining manba kodi quyidagi bepul (ochiq kodli) dasturiy ta'minot
litsenziyalariga ega bo'lishi mumkin:
JSON-CPP
Easylogging++
OpenCV
Tesseract
Leptonica
ZXING
libPING
libJPEG
Zlib
cURL
TensorFlow”
10. BANK REKVIZITLARI
Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani,
A.Temur shoxko‘chasi 118/1
k/h: _______________________
Bank kodi: 01180 OKED 64190
STIR: 207 318 613
Tel: 78 777-27-27
Tex. yordam tel.: _____________________
e-mail: ________________________
Dostları ilə paylaş: |