Ommaviy oferta


IV. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI



Yüklə 314,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix02.04.2023
ölçüsü314,31 Kb.
#92433
1   2   3   4   5   6   7
microloan offer 12 uz

IV. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 
4.1. Bank quyidagi huquqlarga ega: 
4.1.1. Verifikatsiyalash jarayoni muvafaqqiyatsiz o’tganda va Mijozning kredit to’lov qobiliyati 
darajasi Bank talablariga muvofiq bo’lmasa, Mijozga Onlayn mikroqarz berishni rad qilish. 
4.1.2. Quyidagi hollarda Bank Mijozdan Onlayn mikroqarzni (hisoblangan foizlari bilan 
birgalikda) muddatidan ilgari so’ndirishni talab qilish huquqiga ega: 
а) Mijoz tomonidan mazkur Ommaviy oferta bo’yicha olingan majburiyatlarning buzilganligi
bajarilmaganligi va/yoki lozim darajada bajarilmaganligi; 
б) asosiy qarz, foizlar, mazkur Ommaviy oferta shartlaridan kelib chiquvchi boshqa to’lovlarning 
o’z vaqtida so’ndirilmaganligi; 
в) O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va mazkur Ommaviy ofertada nazarda 
tutilgan boshqa hollarda. 


2023 yil 20 Fevraldagi talqin 
KTQ-23,99% 
4.1.3. Bank o’z ixtiyoriga ko’ra o’z mablag’lari hisobidan Mijozni ogohlantirmagan holda Onlayn 
mikroqarz so’ndirilmaslik xavfini sug’urtalash huquqiga ega.
4.1.4. Bank Mijozning Bankda, shuningdek O’zbekiston Respublikasining istalgan boshqa 
banklarida ochilgan har qanday hisobvaraqlaridan Onlayn mikroqarz bo’yicha talablarni qanoatlantirish 
uchun zarur bo’lgan summani nizosiz tartibda hisobdan chiqarish huquqiga ega. 
4.1.5. Mazkur Ommaviy oferta shartlariga va Mijoz tomonidan mazkur Ommaviy oferta bo’yicha 
majburiyatlarning ijro etilishiga daxldor bo’lgan ma’lumotlarni Kredit byurosiga taqdim etish.
4.2. Bank quyidagi majburiyatlarga ega
4.2.1. Mijozga Bank tomonidan ma’qullangan summa doirasida va mazkur Ommaviy ofertada 
nazarda tutilgan shartlarda Kredit olish to’g’risidagi arizada Mijoz tomonidan so’ralgan miqdorda 
Onlayn mikroqarz taqdim etish. 
4.2.2. Mijozga MBXK tizimida olingan summa, joriy qarzdorlik va Onlayn mikroqarzni so’ndirish 
grafigi to’g’risida axborot taqdim etish. 

Yüklə 314,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin