Omonov Sardorbek BNG’-80
Tijorat banklari passiv operatsiyalari – B) Tijorat bankining passiv operatsiyalari deganda resurslar jalb qilish va bankning kapitalini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar tushuniladi.
Qisman konvertirlanadigan valyutalar – D) tashqi iqtisodiy operatsiyalarining ma’lum turlari va ma’lum sub’ektlari bo‘yicha valyutaning qisman konvertirlanadigan valyutalardir
Pul agregatlari – Y) pul massasini miqdoriy jihatdan o‘lchashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardir
Mikrokredit - F) qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag‘laridir
Mikroqarz – C) mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa, to‘lovlilik sharti asosida ham beriladigan pul mablag‘laridir
Inflyatsiya – T) ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi
Mikromoliyalash – H) mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko‘rsatish borasidagi faoliyatidir.
Deflyatsiya – U) umumiy narxlar darajasining pasayishi
Tijorat bankining depozit operatsiyalari – J) yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini bankning depozit hisobraqamlariga jalb qilish operatsiyalaridir.
Bank tizimining likvidliligi – N) Bu mamlakatdagi banklar orqali o‘tadigan to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash imkoniyatidir.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari – L) Daromad olish maqsadida bank resurslarini joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarga
Tijorat banklarining depozitsiz manbalar – I) Banklararo kreditlar, bankning umumiy kapitali, bankning qimmatli qog‘ozlarini sotish, jamg‘arma sertifikatlari, «Repo» operatsiyasi.
Tijorat bankining likvidliligi – K) bankning mijozlari va boshqa banklar oldidagi to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajara olish imkoniyatidir.
Bank tizimi – O) bu ma’lum tarixiy davr ichida shakllangan va tegishli qonun hujjatlari asosida mamlakatda pul-kredit munosabatlarini tashkil etadigan va tartibga soladigan muassasalar majmuidir.
Mikrokredit tashkiloti – A) mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va «Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxsdir.
Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari – Q) narxlar barqarorligi, bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi, to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi ta’minlash.
Tijorat banklarining depozitli manbalar – M) Talab qilib olinadigan depozitlar, muddatli depozitlar, jamg‘arma depozitlar, depozit sertifikatlari, banklararo depozitlar.
To‘liq konvertirlanuvchi valyuta – P) tashqi valyuta operatsiya-larining hamma turini va barcha kategoriyadagi u yoki bu valyuta operatsiyalari bo‘yicha valyutaning cheklovlarsiz konvertatsiyalanadigan valyutadir
Valyuta interventsiyasi – R) Markaziy bank tomonidan milliy valyutaning almashuv kursiga valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish va sotish orkali tasir utkazish maksadidagi valyuta bozoriga aralashuvidir.
Xalqaro pul o‘tkazmasi – E) mehnat migrantlarining o‘z davlatlaridan boshqa bir davlatga bir yildan ko‘p muddatga bo‘lishi davrida amalga oshirgan moliyaviy aktivlarning kapital ko‘rinishidagi o‘tkazmasidir
Xalqaro pul o‘tkazmalarining ulushi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 3 foizdan ziyod bo‘lsa – G) xorijiy investorlarning faoliyat doirasi yanada kengaygayishi kuzatiladi
Bank inqirozi – S) banklar faoliyatidagi risklarning kuchayib ketishi natijasida ularning aktivlari sifatining pasayishi va moliyaviy holatining yomonlashishi tushuniladi.
Xalqaro valyuta fondi ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ko‘rsatdiki, tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60 foizga yetganda – V) kreditlarning yillik o‘sish sur’atini 30 foizdan yuqori bo‘lishi bank inqiroziga olib keladi.
Talab inflyatsiyasi – W) iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo‘lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi, ortiqcha talab orqali kelib chiqadigan inflyatsiya
Taklif inflyatsiyasi – X) bu mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar narxlarining oshishidan paydo bo‘ladi, ishlab chiqarishdagi sarf xarajatlar oshishi sababli kelib chiqadigan inflyatsiya