Bolalarning nasl-nasabini belgilash
Bolaning shu onadan tug`ilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko`ra, bola tibbiy muassasada tug`ilmagan holda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi.
Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o`limi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tuzilgandan so`ng uch yuz kun ichida tug`ilgan bolasi nikohda tug`ilgan bola hisoblanadi.
Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tug`ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo`lsa, bola yangi nikohda tug`ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega.
Bolaning onasi bilan nikohda bo`lmagan shaxsning otaligi o`zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi. Otalikni belgilash faktini mustahkamlash uchun bolaning (bolalarning) aynan shu otadan tug`ilganligini tasdiqlaydigan dalillar bo`lishi shart. Bundan tashqari ota va bola o`rtasida nasl-nasab bilan bog`liq bo`lgan o`zaro huquq va majburiyatlarni ifodalovchi huquqiy munosabatlar ham o`rnatiladi. Otalik, shuningdek, otaning qarindoshlari qatoriga kirganligi ham anglatadi va bolaning ota qarindoshlari, ya`ni buva, buvi, aka-ukalar va opa-singillar bilan qarindoshligini aks ettiradi.
O`zaro nikohdan bo`lmagan ota-onadan tug`ilgan bolaning otasini aniqlash masalasi, agar ota yoki ona fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda ariza berishdan bosh tortsa yoxud otaning o`zi vasiylik va homiylik organining roziligi bilan (sud qarori) bilan ariza bersa, sud tartibida yoritadi.
Sudga arizani ota yoki ona, vasiy (homiy), bolani o`z qaramog`iga olgan shaxs, bolaning o`zi balog`at yoshiga yetganidan so`ng berishlari mumkin.
Bolalarning nasl-nasabini belgilash
60-modda. Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari
Bolaning shu onadan tug‘ilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko‘ra, bola tibbiy muassasada tug‘ilmagan holda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi.
Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o‘limi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan so‘ng uch yuz kun ichida tug‘ilgan bolasi nikohda tug‘ilgan bola hisoblanadi.
Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tug‘ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo‘lsa, bola yangi nikohda tug‘ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: |