On savollari 191-193 fizika, 195 matematika



Yüklə 78 Kb.
səhifə5/6
tarix09.05.2022
ölçüsü78 Kb.
#56837
1   2   3   4   5   6
ON savollari Fizika matematika

ORQA MIYA — odam va umurtqali hayvonlar markaziy nerv sistemasining bir qismi, umurtqa pogʻonasi kanalida joylashgan. Koʻpchilik reflekslarda ishtirok etadi. Katta yoshdagi odamda uning uz. 41—45 sm, ogʻirligi 30 g cha. Odamda Orqa miya 31—33 segmentdan iborat, ularning har birida 2 juft nerv ildizi bor: oldingi (harakatlantiruvchi) ildizlar orqali impulslar Orqa miya hujayralaridan periferiyaga (skelet va tomir muskullari, ichki aʼzolarga) oʻtadi. Orqa (sezuvchi) ildizlar impulyelarni teri, muskul, ichki aʼzolar retseptorlaridan Orqa miyaga oʻtkazadi. Orqa miyaning 2 tomonida oldingi va orqa ildizlar oʻzaro birlashib, aralash orqa miya nervlarinm hosil qiladi. Orqa miyaning markaziy qismi kulrang moddasi nerv hujayralarining toʻplamlaridan, periferik qismi — oq moddasi nerv tolalarining toʻplamlaridan iborat. Nerv tolalari O. m. hujayralarini bir-biriga, shuningdek, bosh miyaga bogʻlab turadi. Orqa miya koʻndalangiga kesilganda kulrang moddasi «kapalak» nusxa boʻladi;

14.Shartli va shartsiz reflekslar.

Nerv sistemasining faoliyati reflektor tarzida amalga oshadi. Ichki va tashqi muhit ta ’sirlariga markaziy nerv sistemasi orqali qaytariladigan javob reaksiyasi refleks deb ataladi.

Refleksning turlari. Turli ta’sirlarga javoban organizm tomonidan ko'rsatiladigan xilma-xil refiektor reaksiyalar shartsiz va shartli reflekslar deb, ikkita asosiy guruhga bo'linadi. Shartsiz reflekslar tug'm a bo'lib, evolyutsiya jarayonida shakllangan va nasldan-naslga o'tadi. Bu reflekslar bola hayotida muhim biologik ahamiyatga ega. Shartli reflekslar esa har bir individga xos bo'lib, hayot davomida ham orttiriladi va hayotiy muhim hisoblanadi.




Yüklə 78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin