O‘n XIL so‘z farzandlar ruhiyatini barbod qiladi


«Oyi, mana bu xatni maktabdan berib yuborishdi», deb onasiga bir



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix15.11.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#69212
1   2   3   4
Bolam baxtli bo\'lay desangiz

«Oyi, mana bu xatni maktabdan berib yuborishdi», deb onasiga bir 
konvert uzatdi. Ona xatga tezgina ko‘z yugurtirdi, so‘ng ko‘zi jiqqa 
yoshga to‘lib, maktubni jajji o‘g‘liga o‘qib bera boshladi: 
«Xonim! O‘g‘lingiz juda iqtidorli. Biroq, bizning maktabimiz uning 
qobiliyati uchun kichiklik qiladi. U mustaqil ta’lim ola qolsin!». 
Oradan yillar o‘tdi. Edison insoniyat tarixidagi eng ulkan ixtirolarni 
qildi. Onasi vafot etgach, Edison uning shkafini titkilab o‘tirib, o‘sha 
xatni topib oldi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, maktubda butunlay boshqa 
gaplar yozilgan ekan: «Xonim! O‘g‘lingizning aqli past, ertadan 
bizning maktabga bormasin!» 
Edison uzoq yig‘ladi. Anchagacha o‘zini to‘xtata olmadi. Nihoyat, 
xotiralar daftariga quyidagi satrlarni bitdi: «Edison g‘irt kaltafahm 
bola edi. Lekin onasining go‘zal xizmati sababli noyob talant sohibiga 
aylandi» 


Ota-ona bo‘lish oson, lekin yaxshi ota-ona bo‘lish hammaning ham 
qo‘lidan kelavermaydi. Quyidagi kichik maslahatlar yaxshi ota-ona 
bo‘lish sari etaklaydi: 
ASABIYLASHMANG.
Siz qanchalik muloyim va sokin bo‘lsangiz, bolangiz ham shunchalik 
osuda bo‘lib o‘sadi. 
 ALDAMANG.
«Ovqat esang, buvingnikiga olib boraman!», dedingizmi, olib boring 
yoki unday va’da bermang. Bolaga berilgan va’dani ustida turish muhim. 
Shunda u sizga ishonadi va talablaringizni oson bajara oladi. 
URMANG.
Bolani urishdan yomoni yo‘q. Urmay turib ham jazolash mumkin, urmay 
turib ham ota-ona o‘z gapini o‘tkazishi mumkin. Urish darajasiga 
bordingizmi, demak ayb sizda. 


HAR NARSANI MAN QILAVERMANG.
«U mumkin emas, bu mumkin emas», «Uni qilma, buni qilma», kabi 
gaplarni eshitavergan bola bora-bora bu gaplarga e’tiborsiz bo‘lib qoladi. 
O‘zingiz uchun ajratib oling. Haqiqatdan mumkin bo‘lmagan narsalar 
bilan sizga shunchaki noqulaylik keltiruvchi narsalarni. Masalan mashina 
yo‘lga chiqish haqiqatdan ma’n qilinishi shart bo‘lgan narsa. Qumda 
yangi kiyimda o‘ynashi esa bu shunchaki sizga noqulaylik keltiruvchi 
narsa. Haqiqatdan mumkin bo‘lmagan narsalarga yo‘l qo‘ymang. Sizga 
noqulaylik 
keltiradigan 
narsalarga 
bo‘lgan 
munosabatingizni 
o‘zgartiring. 
O‘RNAK BO‘LING.
O‘zingiz hunuk so‘zlarni ishlata turib bolangizga «Hunuk gapirma!» 
deya olmaysiz. Xuddi shunday kuni bilan televizor yonida bo‘lmsangiz, 
bola ham dars qilmay televizordan keta olmaganiga hayron bo‘lmang. 
O‘zgarishni o‘zingizdan boshlang. 


AYBINGIZNI TAN OLIShNI BILING. 
Biron ishda xato qilib qo‘ysangiz bolangiz oldida uni tan olishga odatlaning. 
Bundan bola xato qilishdan qo‘rqib yashamay, xatoni qanday qilib 
takrorlamaslikni o‘rgansin. 
 BOLANI ERKA QILIShDAN QO‘RQMANG.
Etti yoshgacha erka bo‘lgan bola hayotda katta yutuqlarga erishadi. Faqat erkaligi 
yangi o‘yinchoqlar bilan emas, sizning mehringiz bilan qoplansin. 
KEChIRIM SO‘RAShNI BILING
Siz ham nohaq bo‘lishingiz mumkin. Boladan kechirim so‘rashdan qo‘rqmang. 
Bundan u mehrliroq va sabrliroq bo‘lishni o‘rganadi. 
QUChOQLANG!
Bolani ko‘proq quchoqlab o‘pishga odatlaning. Bola bunga ruhan ham jismonan 
zor bo‘ladi. 
SABRLI BO‘LING
Bolaga ota-onaning jahli chiqishining eng asosiy sababi sabrsizlikdir. Bolaning 
qiliqlariga, ishiga, o‘qishiga, yurish-turishiga ozgina sabr bilan yondashsangiz, u 
sizni faqat suyuntirayotganini his qilasiz 


« Qush uyasida ko’rganini qiladi ».

 
Hurmat bilan 13-maktab psixologi
Malikov Sharofiddin.
 
O’zingiz va yaqinlarizngizni 
ehtiyot qiling. 
Bizni telegrammda kuzatib boring.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin