FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI CHET TILLARI FAKULTETI GUMANITAR YO'NALISHLAR BO'YICHA CHET TILLARI KAFEDRASINING 1-SONLI YIG'ILISH QARORIDAN KO'CHIRMA
2023-yil 28-avgust Farg'ona shahri
QATNASHDILAR: kafedra mudiri: X. Sotvaldiyeva, Kafedra dosenti, p.f.n. D.Qambarova, S.Haqnazarova, R.Mamasoliyev, R Soliyev, G.Umarjonova, D.Madazizova, M.Alimjonova, SH.Nuraliyeva, B.Umurzaqova, F.Yusupjonova,A.Arslonzoda,P G.Asomiddinova, I. To‘xtarova , Porubay I, D.Gapparova, X.Xoliqova, G.Jo‘rayeva, Qosimova G, G. Madaminova, D. Muratova, G. A’zamova, M. Zaylobiddinova, Sh. Abdullayev, H. Ismoilova, Nuritdinova Sh, Ibragimov V, Rahmatullayev R, Ibragimova Z, Raxmonova I, Urinova Nlar.
KUN TARTIBI “Yangi Farg‘ona” gazetasining 2023-yil 14-iyun 47-sonida gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi o‘qituvchisi lavozimi uchun e’lon qilingan tanlovga nomzodlar tavsiya etish to‘g‘risida.
Eshitildi: X.Sotvaldieva- kafedra mudiri
“Yangi Farg‘ona” gazetasining 2023-yil 14-iyun 47-sonida Farg‘ona davlat universiteti chet tillari fakulteti gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi o‘qituvchisi lavozimi uchun bo‘sh o‘ringa tanlov e’lon qilinganligini va tanlovda ishtirok etish uchun o‘qituvchi Asomiddinova Gulbarno Alijonovna va Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti lotin tili,pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi A’zamova Gulasal tomonidan ariza topshirilganligini bildirdi. Talabgorlarning hujjatlari belgilangan tartibda tayyorlangan bo‘lib, yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirildi.
Shundan so‘ng kafedra o‘qituvchisi Asomiddinova Gulbarno Alijonovna 2018-2022-yillardagi o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida hisobot berdi. Ushbu yillar davomida Asomiddinova Gulbarno Alijonovna o‘ziga yuklatilgan o‘quv yuklamalarini to‘liq bajarganligini, mashg‘ulot o‘tayotgan yo‘nalishlar uchun kerakli ishchi dasturlarini o‘z vaqtida tayyorlaganligini aytib o‘tdi. Shu bilan birgalikda barcha kurslar uchun O‘UMlar, joriy nazorat uchun test variantlari, mashg‘ulotlar uchun kerakli ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar tayyorlaganligini ta’kidlab o‘tdi. Talabalarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun kompyuter hamda kerakli teхnika vositalaridan samarali foydalanayotganini ham aytib o‘tdi. Asomiddinova Gulbarno Alijonovna ma’naviy tadbirlarda ham faol ishtirok etganligi haqida gapirib o‘tdi. Kafedra, fakultet, universitet tomonidan berilayotgan barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib kelayotganligi, haqida hisobot berdi. O‘tgan o‘quv yillar mobaynida respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida bir nechta, ilmiy jurnallarda maqola va tezislar chop ettirildi. Ilmiy-uslubiy ishlar ro‘yхati talabgorlar tomonidan ilova qilinadi.
Kafedra dosenti, p.f.n. D.Qambarova nomzodlar to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib, tanlovda qatnashish uchun nomzodlar munosib ekanligini ta’kidladi. Asomiddinova Gulbarno Alijonovna va A’zamova Gulasal nomzodlari gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi o‘qituvchisi lavozimiga tanlovda ishtirok etishga ochiq ovozga qo‘yildi. Ochiq ovoz berish natijalariga Asomiddinova Gulbarno Alijonovna 25 ta ( 71,4 %), A’zamova Gulasal 7 ta (28,6 %) ovoz berildi.
Ko‘rilgan masala yuzasidan
QAROR QILINDI 1. X.Sotvaldiyevaning aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Asomiddinova Gulbarno Alijonovnaning hisobotlari ma’qullansin.
3. Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra Asomiddinova Gulbarno Alijonovnaga 7 ta (28,6 %), A’zamova Gulasal 25 ta (71,4 %) ovoz berildi.
4. “Yangi Farg‘ona” gazetasining 2023-yil 14-iyun 47-sonida e’lon qilingan gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi o‘qituvchisi lavozimiga Asomiddinova Gulbarno Alijonovna va A’zamova Gulasal nomzodlari tavsiya etilsin.
5. Ushbu nomzodlar tanlovdan o’tkazish fakultet kengashidan so‘ralsin.