Bosqichlar va vaqt ko`rsatilgan holda dars bosqichlari:
Tashkiliy qism
Yangi mavzu yuzasidan o`quvchi hikoyasi
Hikoyani o`qish
Hikoya yuzasidan dastlabki suhbat
Reja asosida savol – javob o`tkazish va - qismlar asosida qayta hikoya qilish.
Lug`at ustida ishlash
Savol – topshiriqlar ustida ishlash
8. Guruhlararo musobaqa
9. Darsni yakunlash
10. O`quvchilarni rag`batlantirish
11. Uyga vazifa berish.
Dars yangi materialini va uning interfaol qismini bayon qilgan dars konspekti.
Assalomu alaykum,
Parvozga shay lochinlarim .
Mustaqil yurt kelajagi,
Alpomishu, Barchinlarim.
O`quvchilar: Assalomu alaykum, mehribon ustoz,
Maktab degan qutlug` dargoh,
Muqaddasdir bizga har chog`
Bilim sari boshlar yo`lga-
Aziz quchoq, tanish yo`lka.
O`qituvchi: Rahmat aziz bolalar, marhamat, o`tiringlar.
Tashkiliy qism:
O`qituvchi: - Bolalar Vatanimiz qaer?
O`quvchilar:- Mustaqil O`zbekiston.
O`qituvchi:- Vatan deganda nimani tushunasiz?
O`quvchilar:- Vatan bu – tug`ilgan makon
- Vatan bu – sizu bizga dahldor zamin.
- Vatan bu – muqaddas ko`shig`im.
- Vatan bu – onamning tunlari bedor aytgan allasi.
- Vatan bu padarimning qilgan duosi.
O`qituvchi:- Mustaqillik bizga nima berdi?
O`quvchilar:- Biz yoshlarga bo`lgan ehtibor kuchaydi.
- Yoshlarning tahlim olishlari uchun katta imkoniyatlar yaratildi.
- Sportga bo`lgan ehtibor kuchaydi.
- Milliy anhana va qadriyatlarimiz tiklandi.
O`qituvchi:-Barakalla, bilimdon bolajonlar.
O`quvchilar, bugungi darsimizni quyidagi tartibda olib boramiz.
Yangi mavzuning bayoni: «Ona suti».
Burungi zamonda bir podshoh keksaygan chog`ida o`g`illik bo`libdi, biroq ayoli qazo qilibdi. Farzandi dardga chalinib qolibdi. Mamlakatning birorta ham tabibi bolani tuzata olmabdi Bolaning ichi, tishi, ko`zi va qulog`i og`rir ekan. Podshoh amaldorlariga farmon beribdi:
-Shunday tabib topinglarki, bolaning dardiga shifo topsin.
Podshoh farmonini bajarish uchun vazir boshliq amaldorlar tabib izlab yurib bir cho`lga kelib qolishibdi.
Mehmonlar cho`ponga podshoh farmonini aytib, xafa bo`lib o`tirishganda ichkarida bolasini emizib o`tirgan cho`ponning xotini bu gapni eshitib qolibdi va podshoh amaldorlariga shisha to`ldirilgan suyuqlik berib, shunday debdi:
Mana shu suyuqlikni olib borib bolaning ko`ziga, qulog`iga tomizinglar.
Podshoh amaldorlari bo`lgan voqeani podshohga aytganlarida u debdi:
-Agar o`g`lim tuzalmasa, senlarni ham, o`sha ayolni ham o`ldiraman. Amaldorlar cho`pon ayolni olib kelishibdi. Ayol bolani davolabdi. Xursand bo`lgan podshoh ayolga tahzim qilib debdi: -“Tila, tilagingni, hashamatli uy qurib beraymi yoki davlatimning yormini beraymi?”
Ayol shunday javob qilibdi:
-“Ona sutini hech qachon sotmaydi “
Ana endi bu haqda biroz suhbatlashamiz, bilganlarimizni o`rtoqlashamiz. Sinfimizni guruhlarga bo`lib olamiz.
1-guruh “Topqirlar “
2-guruh “Zukkolar “
3-guruh “Ziyraklar “
Guruhlararo mavzu yuzasidan musobaqa o`tkazamiz, guruhlarga sardor tayinlaymiz.
Musobaqaning birinchi sharti.
guruh: Onalarimizga atab shehr.
guruh: Onalarimizga atab maqol.
guruh: Onalarimizga atab hikmatli so`z
Birinchi shart bo`yicha guruhlar quyidagicha ball to`pladilar:
1-guruh “Topqirlar” -5 ball
2-guruh “Zukkolar” 5-ball
3-guruh “Ziyraklar -4 ball
Ikkinchi shart: O`lkamizga bahor fasli kirib keldi Bahor birinchi navbatda atrofga o`z sepini yoyadi Hozir biz siz bilan hayolan boqqa sayr qilamiz. Bog`dagi sehrli olma daraxti ehtiborimizni tortdi. Olmalarda tezkor savollar mavjud.
Tezkor savollarga javob bergan o`quvchiga u mevasidan beradi.
2-shart bo`yicha guruhlar quyidagicha ball to`pladilar:
1-guruh “Topqirlar” -5 ball
2-guruh “Zukkolar”-4 ball
3-guruh “Ziyraklar”-5 ball
Uchinchi shart. Magnitafondan onalarimizni madh etuvchi rivoyat qo`yib eshittiriladi.
Dostları ilə paylaş: |