Jannatonalarningoyog`iostindadir Bir kishi payg`ambar alayhissalom huzurlariga kelib:
-“Yo Rasululloh, necha yillardan beri onamning ko`zlari ojiz, qo`l-oyoqlari shol bo`lib qolgan. U kishini yuvintirish-kiyin-tirish, ovqatlantirishdan tortib barcha yumush-hojatlariga qarash mening zimmamda, qaerga desalar yelkamda ko`tarib olib boraman, hatto bir necha bor haj safariga olib borib, muqaddas Kahbani ziyorat qildirib ham keldim. Mana shu xizmatlarim bilan meni tug`ib, tarbiyalab, voyaga yetkazganlariga munosib javob bergan bo`lamanmi?”
“Payg`ambarimiz shunday javob beribdilar: ”Yo`q, agar onangga umringning oxirigacha shu tarzda xizmatda bo`lsangda, uning senga qilgan xizmatlarining o`ndan birini qaytara olmassan. CHunki u seni go`dakligingdan tarbiyalar ekan, tangridan mudom sening sog`lig`ingni, umring uzun bo`lishini tilagan. Sen esa bu xizmatlaringni “Uch-to`rt kunligi bormi-yo`qmi farzandlik burchimni ado etib, duosini olib qolay”,-deb qilmoqdasan.
Guruhlar rivoyat haqida o`z fikrlarini aytadilar.
1-guruh “Topqirlar” -5 ball
2-guruh “Zukkolar 5-ball
3-guruh “Ziyraklar -5 ball
4 – shart: Sardorlar bellashuvi.
Bu shartda sardorlar bellashadilar SHart quyidagicha.
Kerakli jihozlar. Rangli qog`ozdan gul yaproqchalari kesib tayyorlangan. Yaproqchalar oq qog`ozga tartib bilan to`g`ri yelimlansa, onalarimizni madh etuvchi hikmatli so`z hosil bo`ladi.
1 –guruh: Ota-ona hurmatin har kimsa keltirsa bajo
Baxt-iqbol u odamning yori bo`lgay doimo
2 –guruh: Otasin og`ritgan el ichida hor bo`lur
Onasin og`ritgan parcha nonga zor bo`lur
3 –guruh: Onaning bir qo`li dunyoni
Bir qo`li beshikni tebratadi
1-guruh - 5 ball
2-guruh- 5 ball
3-guruh-4 ball
G`olib: “Topqirlar” guruhi
Tezkor savollar beriladi.
Nelardandir ko`ngil bo`lib g`ash
Ham egilib, bu egilmas bosh
Ko`zlarimda qalqib tursa yosh
Bu holimga berolmay bardosh
Faqatgina onam yig`laydi
Qolganlari yolg`on yig`laydi.
Qaytar bo`lsam quruq ovdan
Qora qozon qolsa qaynovdan
Ham ayrilib o`lja, ulovdan
Qarzga botar bo`lsam birovdan
Ohlar urib, onam yig`laydi
Qolganlari yolg`on yig`laydi,
Birda haqdin, birda nohaqdin
Jabr ko`rsam bir betavfiqdin
Ortda qolsam qalbi quroqdim
SHo`rlikkina onam yig`laydi
Qolganlari yolg`on yig`laydi
Og`a-ini o`rtasida gap
Ahvol kelib, chiqsa ixtilof
Biri izzat, biri mulktalab
Eh, bu oq sutim mehringga xilof-
Deya sho`rlik onam yig`laydi
Qolganlari yolg`on yig`laydi.
Tavallo.
Uyga vazifa: “Sahiy bog`bon“ mavzusini o`qib kelish-216 bet.