Ona tabiatni asrash har birimizning burchimiz 05. 06. 2020 15: 25



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix09.11.2022
ölçüsü1,85 Mb.
#68198
O\'zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo\'mitasi



Yangiliklar
Bosh sahifa
Bosh sahifa
Yangiliklar
Yangiliklar
Ona tabiatni asrash har birimizning burchimiz
05. 06. 2020 15:25
65556
5 iyun – Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning go‘zal tabiati, musaffo havosi,
ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi. Mana
shunday betakror go‘zallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butunligicha
yetkazish har birimizning unutilmas burchimizdir.
5 iyun – 
Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni butun dunyo bo‘ylab har yili
keng nishonlanadi. Ushbu sana 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA
VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH
DAVLAT QO‘MITASI
O'ZBEKCHA


Assambleyasi tomonidan 1972 yil Stokgolmda bo‘lib o‘tgan Insoniyat muhiti
mavzuidagi konferentsiyada joriy etilgan.
O‘tgan yillar davomida mazkur kun 100 dan ortiq mamlakatda nishonlandi, hozirda
ekologik muammolarni yechishga yordam beruvchi muhim bir zamin bo‘lib xizmat
qiladi. Bundan tashqari, ushbu kunda barcha xalqlar birlashib, atrof-muhitni
muhofaza qilishga, ona-erimizni asrab qolishga o‘zining shaxsiy hissasini qo‘shish
imkoniga ega bo‘ladi.
Mazkur sana munosabati bilan noyob o‘simlik va hayvonot dunyosiga boy bo‘lgan
Hisor davlat qo‘riqxonasiga tashrif buyurdik.
Aslida ushbu so‘lim maskan ajoyibotlari qo‘riqxona xududidan oqib o‘tuvchi daryo va
irmoqlardan oqib kelib, ulkan ummonni tashkil qilgan Hisorak suv omboridan
boshlanadi. 
Qo‘riqxona tabiatini mo‘ta’dil bo‘lishida undagi mavjud daryo va ko‘llarning
ahamiyati bekiyosdir. Uning hududi bilan chegaradosh 
Surxandaryo, Tojikiston va
Holikdod soyining boshida joylashgan Severtsov, Botirboy muzliklaridan bir qator
suv manbalari boshlanadi. Ularning ichida eng yiriklari 
Oqsuv, Tanxoz va Qizildaryo
daryolari hisoblanadi. Shu uch daryo suvining 
Shahrisabz tumani hududida
ko‘shilishi natijasida 
Qashkadaryo daryosi hosil bo‘ladi. Daryolar qor, muz, yer osti
suvlari va yog‘inlardan to‘yinadi, ularni yuqoridan pastga qarab oqishi jarayonida
katta-kichik sharsharalar hosil bo‘ladi.


Hisor davlat qo‘riqxonasi O‘zbekistonning janubiy-sharkiy kismida, Qashqadaryo
viloyatining Shahrisabz, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari xududida, Hisor tog‘
tizmasining g‘arbiy yonbag‘irlarida, dengiz sathidan 1 ming 750 metrdan 4 ming 421
metrgacha balandlikda joylashgan bo‘lib, u janubiy-sharqda 
Surxondaryo viloyati,
sharqda 
Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh.
Mazkur qo‘riqxona 1983 yil 
Qashqadaryo viloyatidagi ikkita mustaqil Miraki va
Qizilsuv qo‘riqxonalarining birlashtirilishi natijasida, Hisor tog‘ tizmalarining janubiy-
sharqiy qismidagi tabiiy komplekslarning tipik uchastkalarini asl holida muhofaza
qilish, ulardagi tabiiy jarayonlarning borishini o‘rganish xamda shu xududda yo‘qolib
borayotgan flora va fauna vakillarini saqlab kolish maqsadida tashkil kilingan.
– Hisor davlat ko‘riqxonasining umumiy yer maydoni 80 ming 986,1 gektarni
tashkil etadi, shundan 50 ming 892 gektari Shahrisabz tumani, 16 ming 200
gektari Yakkabog‘ tumani va 14 ming 92 gektari Qamashi tumanlari hududida
joylashgan bo‘lib, hudud jihatidan u Markaziy Osiyoda eng katta ko‘riqxonadir, –
deydi Hisor davlat qo‘riqxonasi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Baxtiyor
Oromov. 
– Qo‘riqxona umumiy yer maydonining 22 ming 276 gektari archazor
va butasimon o‘rmonlar bilan qoplangan, yaylovlar 24 ming 258 gektarni,
daryolar va ko‘llar 107 gektarni, botqokliklar 461 gektarni, muzliklar 3 ming 155
gektarni, qoya va jarliklar 30 ming 258 gektarni tashkil etadi. Hisor davlat
qo‘riqxonasining yer maydoni G‘ilon, Tanxozdaryo, Miraki va Qizilsuv
bo‘limlariga bo‘lingan. Hisor davlat qo‘riqxonasi Pomir-Oloy tog‘ tizimiga
kiradigan Hisor tizmasining shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan. Uning butun
hududi yagona massiv sifatida sharqdan g‘arbga 37 kilometr, shimoldan
janubga 90 kiometrga cho‘zilgan. Tog‘ yotqiziqlari ichida paleozoy jinslari ko‘p
uchraydi. Cho‘qqilarining balandligi 2 ming 500 metrdan 4 ming 421
metrgacha. Jumladan, Hazratsulton tog‘i 4 ming 266 metr, Xo‘ja-kirshavor 4
ming 303 metr, To‘rtqo‘ylik 4 ming 366 metr, Bibi-O‘lmas 4 ming 349 metr.
O‘zbekistonning eng baland nuqtasi ham ko‘riqxonaning To‘rtqo‘ylik tog‘idagi
dengiz sat hidan 4 mi 421 metr balandlikda joylashgan nomsiz cho‘qqidir.
Qo‘riqxona hududida mezazoy-kay nazoy davri yotqiziqlarida karst jarayonlari
keng tarkalgan va o‘ralar, daralar, tokcha va g‘orlar ko‘plab uchraydi. Ushbu tog‘
daryolari va soylari chuqur daralarni hosil qiladi.
O‘ziga xos tabiatli Hisor davlat qo‘riqxonasiga 
Suv tushar sharsharasi o‘zgacha husn
bag‘ishlagan. Qo‘riqxona hududidan boshlanadigan va oqib o‘tadigan soylar,
irmoklar, daryolar o‘zining suv o‘zanida turli shakl va ko‘rinishdagi sharsharalar hosil
qiladi. Ulardan eng yirigi 
Suvtushar sharsharasidir. Ushbu sharshara ko‘riqxonaning
Miraki bo‘limining Suvtushar soyining boshlanish kismida, dengiz sathidan 2 ming
100 metr balandlikda joylashgan. Sharsharaning balandligi 84 metr bo‘lib, katta qoya
toshlar va archazorlar orasida joylashganligi bilan tabiat shaydolarini o‘ziga maftun
etadi. Ushbu sharshara 
Hisor tog‘ tizmasining 4 metr balandlikdagi Osmontalash
qorli qoyalaridan paydo bo‘lgan suvlar hisobiga hosil bo‘ladi. O‘ziga xos ajib bir kuyni


chalib, sohibjamolning uzun yoyilgan kokillarini eslatuvchi suvning shiddatli oqimi
ushbu sharshara suvini ko‘pirtirib, oppoq holatga olib keladi. Shuning uchun
maxalliy aholi orasida gohida uni Suttushar sharsharasi ham, deb atashadi. 
Tanxozdaryo bo‘limining dengiz sathidan 3 ming 200 metr balandlikda joylashgan
Sarituz kengliklaridan boshlanadigan Sarituz soyining eng yuqori qismida, dengiz
sathidan 3 ming 200 metr balandlikda, uzunligi 1000 metrdan ortiq bo‘lgan, faqat
bahor oylarida erigan qor, yomg‘ir, buloq suvlaridan paydo bo‘ladigan 
Oq kamar
sharsharasi mavjud. Sharshara Sarituz soyining serqoya kesik toshlari orasidan ilon izi
yo‘nalishi bo‘ylab, o‘ynoqi harakatlari bilan pastga qarab oqishi qo‘riqxona tabiatiga
ajoyib ko‘rinish kasb etadi. Toshdan toshga urilib oqayotgan o‘z o‘ljasiga hamla
qilmoqchi bo‘lgan ilonni eslatuvchi tez oqar suv zarralari mazkur yerda o‘sadigan
endemik o‘simliklarni namlik bilan taminlaydi.
– Ona tabiat. Uning sofligi, tabiiyligini asrab-avaylash va kelajak avlodga
butunligicha yetkazish uchun barchamiz mas’ulmiz, – deydi viloyat ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i G‘anisher Ibragimov.
– Shu
maqsadda Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida
jami 490 ta reyd tadbirlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan reyd davomida O‘zbekiston
Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga oid qonun, qonunosti hujjutlari
talablarini buzgan 516 nafar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan
ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.


Tabiatning o‘zi zargarga o‘xshaydi. Uning bag‘ridan unib chiqqan har bir giyoh, har
bir daraxt, o‘rmonlar, hayvonot olami o‘ziga xos bir olamdir. Bu tabiiy boylikka daxl
qilinishining oldini olish, muhofaza qilish faqat shu soha xodimlarining ishi emas,
balki barchaning burchidir. Chunki, biz yashayotgan hudud musaffoligi, ekologik
muvozanat barchamizga birday daxldordir. Muxtasar qilib aytganda, ona tabiatga
mehr-muhabbatli bo‘laylik. Oilalarda, mahalla va qishloqlarda ekologik tarbiyani
kuchaytiraylik. Orastalikka rioya qilishimiz, gulu giyohlar maskani va daraxtzorlarni
avaylab parvarishlashimiz zarur. Agar biz tabiiy go‘zalliklarga ziyon yetkazmaslikni
odat qilsak, avlodlar kelajagi va xayotning davomiyligi uchun shunchalik ko‘p
qayg‘urgan bo‘lamiz. 
O‘.BAROTOV, J.NORQOBILOV(surat), O‘zA
Manba: 
http://uza.uz/oz/society/ona1-tabiatni-asrash-...
Davlat ekologiya qo‘mitasi 
Axborot xizmati
Yangiliklar taqvimi
Ноябрь,
2022
ПН
ВТ
СР
ЧТ
ПТ
СБ
ВС
31
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
1
2
3
4


YANGILIKLAR
YANGILIKLAR
YANGILIKLAR
YANGILIKLAR
YANGILIKLAR
YANGILIKLAR
Ommabop
#WorldCleanUpDayUzb2022 Фотожараён: 17 сентябрь — Бутунжаҳон
тозалик куни акцияси бошланиши олдидан
17 09. 2022
1559
Doktoranturaga qabul boshlandi
24 09. 2022
1212
Давлат экология қўмитаси World Cleanup Day – Бутунжаҳон тозалик куни
муносабати билан атроф-муҳит тозалигига бағишланган энг яхши
ижтимоий роликлар учун танловини эълон қилади! 
10 09. 2022
972
16 сентябрь — Бутунжаҳон Озон қатламини муҳофаза қилиш куни
15 09. 2022
791
ТОШКЕНТ ШАҲРИДА АТМОСФЕРА ҲАВОСИНИНГ ИФЛОСЛАНИШИНИ
ОЛДИНИ ОЛИШ БЎЙИЧА АМАЛИЙ ЧОРАЛАР КЎРИЛАДИ
20 09. 2022
702
Тайинлов
14 09. 2022
626


Foydali manbalar
Орфографические уведомления
"Ctrl+Enter"
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya
bo‘yicha foydalanish mumkin:
Creative Commons Attribution
4.0 International.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya
va atrof muhitni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi
Davlat ramzlari
Sayt xaritasi
Ishonch telefonlari: +998 71 207-11-07
Qisqa raqam: 11 57
Telefon: (+99871) 207-07-70 (5001#)
Pochta:
info@eco.gov.uz
Materiallardan foydalanganda
www.eco.gov.uz saytiga havola ko’rsatish
kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy
veb-sayti
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari
maʻlumotlari milliy bazasi

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin