Xamirdan qil sug‘urganday
Osonlik bilan, hech qanday qiyin-
chiliksiz.
Xamir uchidan patir
Katta, ko‘p narsadan boshlang‘ich va kichik
bir qism.
54
1. Sheva unsurlari badiiy nutqda qanday maqsadda qo‘llanadi?
2. Badiiy matnlarda qahramonlarning madaniy-ma’rifiy saviyasini ki-
noyaviy ta’kidlashda qanday so‘z va iboralardan foydalaniladi?
3. Badiiy matnda haligi, innaykeyin, ya’ni, aytaylik, tushundingizmi,
men sizga aytsam kabi so‘z va iboralarni qo‘llashdan ko‘zlanadigan
maq sadni tushuntiring.
4.
Badiiy matnda so‘zlovchi nutqiy malakasining yetarli emasligini
ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan so‘z va birikmalarga misollar keltiring.
5. Men unaqa mashhur odam emasman, po‘ristoy bir polvonman xo-
los (Said Ahmad) gapidagi po‘ristoy so‘zining qo‘llanish sababi va
poetik qimmatini tushuntiring.
59-mashq.
Biron-bir badiiy asardan shevaga oid so‘zlarni topib,
ularni gap ichida ko‘chiring. Sheva so‘zlarning qo‘lla
nish
sababini tushuntiring.
musTAhKAmLAsh
savol va topshiriqlar
1. Nutqning aniqlik sifatini misollar asosida tavsiflang.
2. Shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlarning nutq aniqligini ta’minlash-
dagi o‘rnini izohlang.
3. Paronim so‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash natijasida nutqning qaysi kom-
munikativ sifatlariga putur yetadi?
4.
Til birliklarining qanday birikuvi nutqning mantiqiyligini ta’min-
laydi?
5. Nutq mantiqiyligining tilning morfologik va sintaktik sathiga bog‘-
liqligini tavsiflang.
6. Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiyla-
rini ayting va misollar keltiring.
7. Personajning madaniy-ma’naviy saviyasini kinoyaviy ta’kidlash maq-
sadida qanday til birliklaridan foydalaniladi?
1-topshiriq.
So‘zdagi ma’no nozikliklarining namoyon bo‘lishi nutqning
aniqligini ta’minlashga qanday ta’sir qilayotganini izohlang.
|