96 111-mashq. Tez aytishlarni yod oling, ularni takror-takror ayting.
Bunda tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, diksiyasini buz-
maslikka harakat qiling.
1. Gulnoz guzardagi gulzordan gul uzdi.
2. Oq choynakka ko‘k qopqoq, ko‘k choynakka oq qopqoq.
3. Tez aytgin-u tez gapir, tez aytganga bir patir.
4. Chaman-chaman paxtazor ichida chevar qizning qo‘llari chanoqdan
chanoq
qa chaqqonlik bilan ko‘chadi.
5. Turg‘un to‘rtta to‘rg‘ayni to‘rga tushirdi. («Badiiy o‘qish asoslari» kitobi) Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
«ha-hu» deguncha Juda qisqa muddatda, tezda. Ma’nodoshi: «hash-pash» deguncha; ko‘z ochib yumguncha. hushi boshidan uchmoq Esankiramoq. Ma’nodoshi: hushini yo‘qot- moq. 1. Diksiya deganda nimani tushunasiz?
2.
Nutqni hosil qilishda nafas olish va nafas chiqarishning o‘rni
haqida gapiring.
3.
Tez va keraksiz shoshilib gapirganda, qanday nuqsonlar yuzaga
keladi?
4. Ovozning sifati haqida so‘zlang.
5.
O‘zingiz ovozingizning sifati haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Ovo-
zingizning sifati o‘zingizga ma’qulmi?
112-mashq. O‘zingiz biladigan tez aytishlardan bir qanchasini daftarin-
gizga yozing. Ularda qaysi tovushlar tez talaffuz qilishga
xalaqit berayotganiga diqqat qiling.
97 NuTq TEXNIKAsIDA urg‘u VA TO‘XTAm (PAuzA) 1-topshiriq. Berilgan juftliklardagi so‘zlarning urg‘u va ma’no jihatdan
farqlarini izohlang.
Olm
a
(ot) –
o
lma (fe’l);
A
kademik (ot) – akad
e
mik -(sifat).