15
Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til
va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur...
Zig‘ir yog‘i solub, moshkichiri kabi
qilub, aralash-quralash qilmak tilning
ruhini buzadur. Bobolarimizga
yetushg‘on
va yaragan muqaddas til va
adabiyot bizga hech kamlik qilmas...
Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy og‘iz orasidagi tilni
ham saqlamak lozimdur. Chunki so‘z insonning daraja va kamolini, ilm
va fazlini o‘lchab ko‘rsatadurgan tarozusidir. Aql
sohiblari kishining dilida-
gi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan
bilurlar... Boshimizga keladurgan qattig‘ kulfatlarning ko‘pi
yumshoq tili-
mizdan keladur. Shuning uchun: «Ko‘p o‘yla, oz so‘yla», – demishlar.
Tillarning eng
yaxshisi – so‘zga usta til, so‘zlarning eng yaxshisi bilib,
oxirini o‘ylab so‘ylangan so‘zdur.
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining
izohli frazeologik lu-
g‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
jon kuydirmoq
Ruhan kuchli bezovtalangan holda g‘amxo‘r
bo‘lmoq.
yuziga oyoq qo‘ymoq
Behur
mat qilish darajasida hisoblashmaslik.
Varianti:
yuziga oyoq bosmoq; yuziga oyoq tiramoq.
1. Nutq odobi deganda nimani tushunasiz?
2. Ulug‘ allomalarimizning so‘zni
qadrlash, nutq odobining zaruriyati
haqidagi qanday hikmatlarini bilasiz?
3. Nutq madaniyati va nutq odobi tushunchalarining o‘zaro munosa-
bati
haqida gapi
ring.
4.
Nutq madaniyati jamiyat madaniyatining ko‘zgusi ekanligini mi-
sollar asosida tu
shuntiring.
5. «Nutq madaniyati» terminining ikki ma’nosi haqida so‘zlang.
Dostları ilə paylaş: