193-mashq. Matnni o‘qing. Eslatmani yodda tutishga harakat qiling. Aziz o‘quvchi!
X va
h harfl ari imlosi ba’zan bizni qiynab qo‘yishi
sir emas. Quyidagi eslatma sizga bu ikki tovushni ajratishda qo‘l
keladi, deb o‘ylaymiz.
Eslatma. X va
h tovushlarining ishlatilish o‘rnini yodda tutishda
quyidagi kabi holatlardan foydalanish mumkin:
–
h tovushi yumshoqroq talaffuz etiladi, shuning uchun sezilar-
sezilmas darajada eshitiladi. Ba’zan so‘zlayotganda so‘z tarkibidan
tushib ham qoladi:
xohlamoq – xolamoq; fahm – fam; – x undoshi qattiq talaffuz etiladi, shuning uchun tushib qolishga
moyil emas, aksincha, ba’zi shevalarda
q ga o‘xshash xususiyatga
ega bo‘ladi:
xalq – qalq; xulq – qulq; mix – miq; –
h undoshi tushib qolish darajasiga bormagan hollarda
y deb
talaffuz qilinishi mumkin,
x undoshida esa bu holni ko‘rmaymiz:
shohi – shoyi; Abdurahim – Abdurayim; Shohista – Shoyista; Ibrohim – Ibroyim; – yopiq bo‘g‘inda
e tovushidan keyin doim
h qo‘llanadi:
ehtimol, ehtiyoj, istehkom, mehmon, istehzo, mehnat; – yopiq bo‘g‘inda
i unlisidan keyin doim
x undoshi keladi:
ixcham, ixlos, ixtiro, ixtiyoriy, mix, six; – rus-yevropa so‘zlarida, ko‘pincha,
x harfi yoziladi:
texnika, xirurg, arxiv, arxitektor. X,x harfi chuqur til orqa undoshini ifodalaydi,
H , h harfi esa
bo‘g‘izda hosil bo‘ladigan undoshni ifodalaydi.
http://eduportal.uz