184
ONA TILI 5-sinf
440-mashq.
Quyidagi e’lonlarga e’tibor bering. Undagi so‘zlarga,
matnning yozi lish qolipiga diqqat qiling.
E’lon!
Shu yil 15-may kuni maktab faollar zali yonidan 5-sinf ada-
biyot darsligi topib olindi. E’lon bo‘yicha maktab Yoshlar ittifoqi
yetakchisiga murojaat qiling (darslik raqami aytilgandagina kitob
egasiga qaytariladi).
Maktab Yoshlar ittifoqi
441-mashq.
Yuqorida berilgan e’lon namunasidan foydalanib, to pib
olingan narsa (kitob, telefon, sport anjomi) haqida e’lon yozing.
442-mashq.
Aziz o‘quvchi! SMSlar, qog‘ozda maktublar yozgansiz.
Ko‘nikmalaringiz asosida biror yaqin odamingizga yoki harbiy xizmatdagi
akangizga yoziladigan xatni davom ettiring.
Assalomu alaykum, akajon! Avvalo, inson uchun suv va havo-
dek zarur bo‘lgan sog‘liqlaringiz yaxshimi? Yigitlik burchingizni
hormay ado etyapsizmi? Bizdan so‘rasangiz, rahmat! Hammamiz
sog‘-salomatmiz...
443-mashq.
Uyga vazifa.
Maktabingizda tashkil etiladigan yozgi orom -
Dostları ilə paylaş: