Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   190
5-sinf ona tili uzb

 368-mashq. 
Uyga vazifa. “Orzuga erishishning 5 yo‘li
” mavzusida 
matn tuzing. O‘zingiz to‘g‘ri deb biladigan 5 usulni yozing va sharhlang. 
Matni ngizda maqollardan foydalaning.
107-dars. HIKMATLI SO‘ZLAR
Saodatga eltuvchi so‘zlar
Aziz bolajonlar! Hayot deb atalmish yo‘lovchilik davomida Siz 
sodiq, samimiy, dono hamrohingiz bo‘lishini xohlaysiz, shunday 
emasmi?
O‘tmishda yashab o‘tgan olimlar, katta hayot tajribasiga ega 
ulug‘ insonlar aytgan hikmatli so‘zlar ana shunday hamrohdir. 
Boshqalar so‘zidan farqli ravishda, bu so‘zlar go‘yo chanqoq 
qalblarga obihayotdir. Bu bebaho ma’naviy ozuqadan qancha 
ko‘p bahramand bo‘lsangiz, umringiz shuncha sermazmun o‘tadi. 
Topshiriq. 
Matnni diqqat bilan o‘qing
.
http://eduportal.uz


153
ONA TILI 5-sinf
 
Hayotda uchraydigan muammolarga oson yechim topasiz. Ba’zi 
hikmatlar bir inson umrining xulosasi bo‘lib dunyoga kelgan. 
Bobomiz Alisher Navoiy: “Agar hikmat o‘rganishga intilsangiz, 
hikmatni sevsangiz, umringiz Nuh pay 
g‘ambar umridek uzoq 
bo‘lsin”, – deganlar.
Aziz dilbandlar! Bugundan boshlab siz ham ustozlardan, ota-
ona, buvi-buvajonlaringizdan har kuni yangi hikmat o‘rganishni 
maqsad qiling. Ana shunda chin saodatga erishasiz.
(
Abdumurod Tilavov
)
 369-mashq.
Hikmatli so‘zlar haqida buyuklar aytgan fi krlarni yozib 
oling, sharhlashga harakat qiling.
1. Muxtasar (qisqa) ifodalangan o‘tkir fi krlar hayotni yaxshi -
lashga ko‘p xizmat qiladi. (
Sitseron, Yunon faylasufi 
) 2. Teran 
fi krlar aqlga o‘rnashgan po‘lat mixdek, ularni sug‘urib bo‘lmaydi. 
(
Deni Didro, fransuz yozuvchisi
) 3. Donolardan o‘rganish ajoyib 
natija beradi, darvoqe, ularda nimadir uchraydiki, u miyangga qat tiq 
o‘rnashib, qon va jismingga o‘tadi. (
Y. Komenskiy, taniqli pedagog

4. Bobolarning hikmati Hayotga yorug‘ yo‘ldir. (
E. Vohidov

5. Hikmatli gaplarga quloq solmoq darkor, Quloq solmoq darkor 
xalqning so‘ziga. (
A. Oripov
)

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin