153
ONA TILI 5-sinf
Hayotda uchraydigan muammolarga oson yechim topasiz. Ba’zi
hikmatlar bir inson umrining xulosasi bo‘lib dunyoga kelgan.
Bobomiz Alisher Navoiy: “Agar hikmat o‘rganishga intilsangiz,
hikmatni sevsangiz, umringiz Nuh pay
g‘ambar umridek uzoq
bo‘lsin”, – deganlar.
Aziz dilbandlar! Bugundan boshlab siz ham ustozlardan, ota-
ona, buvi-buvajonlaringizdan har kuni yangi hikmat o‘rganishni
maqsad qiling. Ana shunda chin saodatga erishasiz.
(
Abdumurod Tilavov
)
369-mashq.
Hikmatli so‘zlar haqida buyuklar aytgan fi krlarni yozib
oling, sharhlashga harakat qiling.
1. Muxtasar (qisqa) ifodalangan o‘tkir fi krlar hayotni yaxshi -
lashga ko‘p xizmat qiladi. (
Sitseron, Yunon faylasufi
) 2. Teran
fi krlar aqlga o‘rnashgan po‘lat mixdek, ularni sug‘urib bo‘lmaydi.
(
Deni Didro, fransuz yozuvchisi
) 3. Donolardan o‘rganish ajoyib
natija beradi, darvoqe, ularda nimadir uchraydiki, u miyangga qat tiq
o‘rnashib, qon va jismingga o‘tadi. (
Y. Komenskiy, taniqli pedagog
)
4. Bobolarning hikmati Hayotga yorug‘ yo‘ldir. (
E. Vohidov
)
5. Hikmatli gaplarga quloq solmoq darkor, Quloq solmoq darkor
xalqning so‘ziga. (
A. Oripov
)
Dostları ilə paylaş: