Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   190
5-sinf ona tili uzb

356-mashq.
 
Berilgan maqollarni daftaringizga ko‘chiring. Oy nomla-
riga diqqat qiling.
1. Dalv kirdi, ekinlarga davr kirdi. 2. Yoz – yozil, qish – qisil. 
3. Yoz yomg‘iri yondan o‘tar, Qish yomg‘iri – jondan. 4. Asadda 
oralab ye, Sunbulada – saralab. 5. Ayamajiz olti kun, Olti oy qishdan 
qattiq kun. 6. Aqrab kelar hayqirib, Bola-chaqasini chaqirib.
357-mashq.
 
Uyga vazifa
Qiziqarli topishmoqlardan 10 ta yozing. Kel-
gusi darsda do‘stlaringizga o‘qib berib, bahslashing.
Munosabat bildiring.
1. “Topishmoqlar aqlni charxlaydi
” deyishadi. Siz nima deysiz?
http://eduportal.uz


149
ONA TILI 5-sinf
 
104-dars. 
NAZORAT ISHI VA UNING TAHLILI
105-dars. MAQOLLAR
 
Bir o‘g‘il otasi bilan ketayotib, yiqilib tushdi va og‘riqdan “Oh” deb 
yubordi. Tog‘ ortidan xuddi shunday ovoz eshitildi. Bola hayron bo‘lib: 
– Sen kimsan? – deb baqirdi.
– Sen kimsan? – deb so‘radi ovoz. 
– Sen qo‘rqoqsan! – dedi bola. 
– Sen qo‘rqoqsan! – dedi ovoz.
Bolaning hayronligini ko‘rib otasi: “Sen ajoyibsan!” – deb baqirdi. 
Ovoz endi mana shu ajoyib so‘zni qaytardi.“ Bolam, – dedi ota, – bu –
aks sado. Aslida, bu hayot degani, hayot berganingni qaytaradi ”.
358-mashq.
 Yuqorida keltirilgan hikoyadan xulosa chiqaring. Berilgan 
o‘zbek xalq maqollari orasidan hikoyaga moslarini ajratib ko‘chiring.
1. Birovga kesak otsang, u senga tosh otadi. 2. Suvga solsang, 
suv ko‘tarmas misqol temirni, Oltin bilan olib bo‘lmas qolgan ko‘ngilni. 
3. Boboning tol ekkani o‘ziga nom ekkani. 4. Musht ursang, shapaloq 
kut. 5. Guruchning kurmagi, yomonning to‘qmog‘i bor. 6. Daryoga 
yaxshilik qilsang, ajrini biyobon (cho‘l) dan topasan. 7. Elga qilma 
xiyonat, turolmassan salomat.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin