Buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/6
tarix29.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#62474
  1   2   3   4   5   6
kurs ish.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI


MOLIYAVIY TAHLIL FANIDAN XUSUSIY KAPITAL VA UNING SAMARADORLIGI TAHLILI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN KURS ISHI

TAYYORLADI : BHA 56-2 TALABASI SADINOV FARRUXJON USMANOVICH
ILMIY RAHBAR: DOTSENT IBRAGIMOV G`AYRATJON ARTIQOVICH


Mavzu: Xususiy kapital va uning samaradorligi tahlili
Reja:

  1. Kirish

  2. Korxonaning xususiy kapitali tarkibi va uning tuzilishi

  3. Xususiy kapitalning o`zgarishi tahlili

  4. Xususiy kapital samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar va ularni tahlil etish.

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.



Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi yuqori raqobatli bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalar barqaror faoliyati o'z resurslardan oqilona foydalanishga bog'liq hisoblanadi. Bunda korxonalarda xususiy kapital miqdorini ko’paytirish hamda undan samarali foydalanish muhim аmаliy аhаmiyat kаsb etаdi. Kompaniya va korxonalarning hissasi mamlakat YAIMda katta qismni tashkil etib, ularning faoliyati butun iqtisodiyotga ta'sir qilmasdan qolmaydi. Bu to`g`risida muhtaram Prezidentimiz tomonidan bir qator farmonlar ishlab chiqaldi. Jumladan O`zbekiton Respublikasi Prezidentininig “ Davlat aktivlarini xususiylashtirish to`g`risida” gi 11.02.2021 yildagi PF -6167-sonli va “ Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida” gi 27.10.2020 yildagi PF-6069-sonli farmolari yaqqol misol bo`laoladi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida uchinchi ustuvor yo’nalish “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari” – deb nomlanib, unda davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish kabi ishlar ko'zda tutilgan.
Hududlarda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalarni qo’llab quvvatlash, ularning ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash negizida aynan shu korxonalar va kompaniyalarni xususiy kapitali hajmini oshrish yotadi desak xato bolmaydi. Shu bois, korxonalarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’z navbatida mazkur mavzuning dolzarbligini bildiradi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin