Buxgalteriya hisobi


-rasm. Xususiy kapitalning shakllanish manbalari.3



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə4/6
tarix29.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#62474
1   2   3   4   5   6
kurs ish.

3-rasm. Xususiy kapitalning shakllanish manbalari.3
Xususiy kapitalning shakllanish manbalari yuqoridagi rasmda ko’rsatilganidek 2 guruhga bo'linadi:

  1. Ichki manbalar.

  2. Tashqi manbalar.

Ichki manbalarga kiruvchi korxona ixtiyorida qolgan foyda haqida to'xtaladigan bo'lsak, biz bilamizki har qanday korxona moliyaviy kalendar yili davomida ma'lum bir miqdorda foydaga ega bo'ladi va bu foydani bir qismini kompaniya uchun saqlab qoyish orqali uning xususiy kapitalini orttiradi.
Foydalanilgan asosiy vosita va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini qoplash uchun mablag' ajratiladi bu o'z navbatida xususiy kapitalga ta'sir qiladi, uni oshishiga yoki saqlanib qolishiga sabab boladi.
Tashqi manbalar sifatida keltirilgan misollarning ichida qo'shimcha aksionerlik kapitalini jalb qilish tashqi manbalar ichida asosiylaridan biri hisoblanadi.
Grantlar deganda ijtimоiy хususiyatgа egа mаqsаdlаr, iqtisоdiyotni rivоjlаntirish, ilmiy-tехnik vа innоvаtsiоn dаsturlаrni bаjаrish uchun Hukumаt, nоdаvlаt, хоrijiy hаmdа хаlqаrо tаshkilоtlаr vа jаmg’аrmаlаr tоmоnidаn ko’rsаtilаdigаn tеkin, gumаnitаr yoki mоddiy-tехnik mаblаg’lаr tushunilаdi.
Subsidiyalar – bu korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish maqsadida ma’lum bir shartlarga ko’ra davlat tomonidan pul va moddiy aktivlar bilan berilgan yordam summasi. Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamg'armalar tomonidan muhim dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan taqdim etilishi mumkin.
A’zolik badallari – bu jamiyatning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilangan a’zolik badallari summasi. Yig’ilgan a’zolik badallari jamiyatning faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi. Jamiyat tugatilganda to‘plangan a’zolik badallari uning qarzlarini qoplashga yo’naltiriladi.


Xususiy kapitalning o`zgarishi tahlili.
Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditga oid qonunchilik normalarida “o‘z sarmoyasi”, “o‘z sarmoyasi manbalari”, “o‘z mablag‘lari manbalari”, “xususiy sarmoya”, “xususiy kapital” degan tushunchalar keng uchraydi. Ularning barchasi bitta mazmunni ya’ni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zigagina tegishli bo‘lgan mablag‘larni ifoda etadi.
Xususiy kapital tarkibiga quyidagi tarkibiy birliklar kiradi:
- ustav kapitali;
- rezerv kapitali;
- qo‘shilgan kapital;
- taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar.
Buxgalteriya balansining “O‘z mablag‘lari manbalari” (“Xususiy sarmoya”) bo‘limida ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali, sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari aks etadi.

Xususiy kapital va uning o‘zgarishini baholashda kapitalning davr boshi va oxiridaga o‘zgarishlariga va o‘zgarish sabablariga baho beriladi. Kapitalning o‘zgarishi jamlangan qator va uning tarkibiy birliklari bo‘yicha alohida o‘rganiladi.


Xususiy kapital o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklarga: ustav sarmoyasi, qo‘shilgan sarmoya, zaxira sarmoyasi, sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralarining o‘zgarishi ta’sir etadi. Jumladan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan bog‘liq jarayonlar ustav va qo‘shilgan sarmoyaning o‘zgarishiga; uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash rezerv kapitali o‘zgarishiga; ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqlari qo‘shilgan kapital o‘zgarishiga; rezerv kapitaliga ajratmalar rezerv kapitali va taqsimlanmagan foyda o‘zgarishlariga; joriy yilning taqsimlanmagan foydasi jamlangan, taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishiga; tekinga olingan mol-mulk rezerv kapitali o‘zgarishiga; hisoblangan dividendlar taqsimlanmagan foyda o‘zgarishiga ta’sir etadi. Xususiy kapitalning shakllanishini yuqorida keltirilgan manbalaridan tashqari boshqa manbalari barcha tarkibiy birliklarni o‘zgarishiga ta’sir etadi.
Xususiy kapital va uning o‘zgarishi tahlili

Ko‘rsatkichlar nomi

Ustav
kapitali

Qo‘shilgan
kapital

Rezerv
kapitali

Taqsimlanmagan
foyda
(qoplanmagan
zarar)

Sotib olingan
xususiy
aksiyalar

Maqsadli
tushumlar va
boshqalar

Jami

A

1

2

3

4

5

6

7

Yil boshidagi qoldiq

614 384

-

5 737 851

507 694

-

885 865

7 745 794

Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi

213 818

-

x

x

x

x

213 818

Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash

x

x

2 383 571

x

x

x

2 383 571

Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqlari

x

-

x

x

x

x

-

Rezerv kapitaliga ajratmalar

x

x

-

-

x

x

-

Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)

x

x

x

-

x

x

-

Tekinga olingan mol-mulk

x

x




x

x

x

-

Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag‘lar

x

x

x

x

x

-

-

Hisoblangan dividendlar

x

x

x

284 293

x

x

-284 293

Xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari

-

-

-

-

-

65 341

65 341

Yil oxiridagi qoldiq

828 203

-

8 121 423

223 400

-

951 207

10 124 233

Xususiy kapitalining ko‘payishi (+) yoki kamayishi (-)

+213 818

-

+2 383 571

-284 293

-

+65 341

+2 378 439

Aksionerlik jamiyatida xususiy kapitalning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 2 378 439 mln so‘mni tashkil etgan. Uning tarkibiy o‘zgarishlari ustav kapitalining oshirilishi (213 818 mln so‘m), rezerv kapitali hisobiga (2 383 571 mln so‘m) hamda maqsadli tushumlar va boshqa manbalar hisobiga (65 341 mln so‘m) ro‘y bergan. Jamiyatning xususiy kapitali tarkibida eng yuqori ko‘rsatkich rezerv kapitali hisobiga to‘g‘ri keladi va uning qiymati davr boshida 5 737 851 mln so‘mni davr oxirida 8 121 423 mln so‘mni tashkil etgan. Rezerv kapitalining xususiy kapital tarkibidagi salmog‘i mos ravishda 74.1 %, 80.2 % ni tashkil etgan hamda davr boshiga nisbatan 6.1 % ga ortgan.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin