Buxgalteriya hisobi


Xususiy kapitalning dinamik tahlili



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə5/6
tarix29.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#62474
1   2   3   4   5   6
kurs ish.

Xususiy kapitalning dinamik tahlili


Xususiy kapitalning dinamik tahlilida xususiy kapitalning yaqin va uzoq davriylikdagi mutlaq, nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.
Dinamik tahlilda xususiy kapitalning tarkibi, tuzilishi, holati va samaradorligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi yillar kesimida baholanadi. Tarkib bo‘yicha ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitali va taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishlari, tuzilishi bo‘yicha tarkib birliklarining salmoq bo‘yicha o‘zgarishlari; samaradorlik (daromadlik va rentabellik) ko‘rsatkichlarining o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi.

O‘zbekiston temir yo‘llari AJ da xususiy kapital tahlili



Xususiy kapital

2017-2018yy.

01.01.2017y.

01.04.2017y.

01.07.2017y.

01.10.2017y.

01.01.2018y.

1.O‘z mablag‘lari manbasi

7 745 794 466

8 567 616 791

8 644 944 914

8 963 743 430

10 124 233 076

O‘zgarishi (+,-)

+2378438610

+1556616285

+1479288162

+1160489646






















Ustav kapitali

614 384 306

614 384 306

614 384 306

614 384 306

828 202 670

O‘zgarishi (+,-)

+213 818 364

+213 818 364

+213 818 364

+213 818 364






















Rezerv kapitali

5 737 851 427

6 360 555 463

6 480 827 061

6 590 488 428

8 121 422 920

O‘zgarishi (+,-)

+2 383 571 493

+7 485 367 457

+1 640 595 859

+1 530 934 492






















Taqsimlanmagan foyda

507 693 607

416 753 023

344 928 794

160 996 840

223 400 675

O‘zgarishi (+,-)

-284 292 935

-193 352 348

-121 528 119

+62 403 835






















Boshqa manbalar

885 865 126

1 175 923 999

1 204 804 753

1 597 873 856

951 206 811

O‘zgarishi (+,-)

+65 341 685

-224 717 188

-253 597 942

-646 667 045






















Aksionerlik jamiyatida o‘z mablag‘lari manbasi 2017-yil choraklari bo‘yicha tahlilidan shuni xulosa qilish mumkinki, subyektning xususiy kapitali hajmi davr boshiga nisbatan 1 160 489 646 ming so‘mga ortgan. Uni yilning choraklari bo‘yicha o‘zgarishlari mos ravishda birinchi chorakka nisbatan 1 556 616 285 ming so‘mga, ikkinchi chorakka nisbatan 1 479 288 162 ming so‘mga teng bo‘lgan. Xususiy kapitalning tarkibiy o‘zgarishlari davr boshiga nisbatan quyidagicha bo‘lgan:


- Ustav kapitali bo‘yicha jami o‘zgarish 213 818 364 ming so‘mga;
- Rezerv kapitali bo‘yicha o‘zgarish davr boshiga nisbatan 2 383 571 493 ming so‘mga;
- Taqsimlanmagan foyda bo‘yicha o‘zgarish -284 292 935 ming so‘mga:
- maqsadli tushumlar va boshqa manbalar hisobiga o‘zgarish 65 341 685 ming so‘mga teng bo‘lgan.


Xususiy kapital samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar va ularni
tahlil etish
.
Xususiy kapitaldan foydalanishning asosiy ko’rsatkichi bo’lib, xususiy kapital rentabelligi hisoblanadi.

Rentabellik daromadlilik, foydalilik degan ma’noni anglatadi. Rentabellik darajasi resurslar, kapitallar va xarajatlarga nisbatan hisoblab olinadi va tahlil qilinadi. Shular orasida xususiy kapital rentabelligi bizning o’rganish obyektimizdir.


Xususiy kapital rentabelligi sof foydaning xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatiga nisbati tariqasida hisoblanadi, ya’ni u xususiy kapital summasini 100 foizga ko’paytirib, natijasini xususiy kapitalning o’rta qiymatiga bo’lishi orqali aniqlanadi.
Korxona faoliyati va mahsulotlari raqobatdoshligini ta’minlashning eng muhim tayanchi bu uning rentabellik darajasidir. Rentabellik – nemis tilidangi “rentabel”4 daromadlik, foydalilik degan ma’noni anglatadi.
Uning iqtisodiy mazmunini moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan‚ shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligi ifoda etadi.
Rentabellikning bir nechta guruhi aktivlar, ishlab chiqarish, sotuv va kapital rentabelligi guruhi tarkiblanadi. Har bitta guruhga bir necha ko‘rsatkichlar tizimi kiritiladi. Lekin baholashda, omilli tahlil etishda ularning har bittasi alohida hisob-kitob qilinadi va baholanadi.
Xususiy kapital rentabelligining tahlili uning hisobot yilidagi darajasini bazis yilidagi (yoki rejada ko’zda tutilgan darajasiga) solishtirib, umumiy o’zgarishini aniqlashdan boshlanadi. Rentabellik darajasining o’zgarishi birinchi va ikkinchi tartibli omillar ta’siri ostida yuzaga keladi.

Birinchi tartibli omillar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

1. Xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi;

2. Sof foyda hajmining o’zgarishi.

Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulini qo’llash orqali aniqlash zarur. Buning uchun quyidagi 3 ta bog’lanish rentabellik ko’rsatkichini aniqlab, so’ngra omillarning ta’sirini aniqlash maqsadli bo’ladi.

1. -bazis yilidagi (yoki rejadagi) rentabellik darajasi.

2. - shartli rentabellik darajasi.

3. - hisobot yilidagi rentabellik darajasi.

Shundan keyin xususiy kapital rentabelligining omilli tahlili amalga oshiriladi.

Hisobot yilidagi xususiy kapital rentabelligidan (3-bog’lanish ko’rsatkichidan) bazis yilidagi rentabelligini (1-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash orqali uning umumiy o’zgarishi aniqlanadi:

Bu o’zgarish yuqoridagi ikki omil hisobiga yuzaga kelgan.

Xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga uning o’rtacha qiymati (hajmi) o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli rentabellik darajasidan (2-bog’lanish ko’rsatkichidan) bazis yilidagi rentabellik darajasini (1-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash kerak: Xususiy kapitaldan foydalanishning asosiy ko’rsatkichi bo’lib, xususiy kapital rentabelligi hisoblanadi.


Rentabellik daromadlilik, foydalilik degan ma’noni anglatadi. Rentabellik darajasi resurslar, kapitallar va xarajatlarga nisbatan hisoblab olinadi va tahlil qilinadi. Shular orasida xususiy kapital rentabelligi bizning o’rganish obyektimizdir.
Xususiy kapital rentabelligi sof foydaning xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatiga nisbati tariqasida hisoblanadi, ya’ni u xususiy kapital summasini 100 foizga ko’paytirib, natijasini xususiy kapitalning o’rta qiymatiga bo’lishi orqali aniqlanadi. Buni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin