150
ONA TILI 5-sinf
360-mashq.
“Besh luqma” topshirig‘i. Vatan va vatanparvarlik haqida-
gi ushbu maqollarni o‘qib, sharhlashga harakat qiling. Ular asosida 5 ta
gapdan iborat matn tuzing.
1. To‘ygan yerdan tug‘gan yer yaxshi. 2. Sigirning suti – tilida,
erning quti (baxti) – elida. 3. Ko‘rpang qayerda bo‘lsa, ko‘ngling
shu yerda. 4. Elga qo‘shilgan moy yutar, eldan ayrilgan qon yutar.
5. O‘z yurting o‘lan to‘shaging, o‘zga yurt bo‘lmas beshiging. 6. Har
toycha o‘zi suv ichgan bulog‘ini maqtar.
361-mashq.
Maqollarni o‘qing. Avval ilm haqidagi, keyin mehnat ha-
qidagi maqollarni ko‘chiring.
1. Baxtingga ishonma, barmog‘ingga ishon. 2. Dangasaga os-
tona tepa bo‘lib ko‘rinar. 3. Ilmli uy charog‘on, ilmsiz uy zimiston.
4. Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam, odam – mehnati bilan. 5. Bilganing
daryo bo‘lsa, bilmaganing – dengiz. 6. Tindim tunda, tinmadim kunduzi,
bo‘ldi qo‘y telpagim qunduzi. 7. Ilmning tomir otishi achchiq, ammo
hosili shirin.
Dostları ilə paylaş: