o’g’li, burni kabi yoziladi.
40.Sifat. Qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lib, narsa-buyumning belgisini bildirgan so’zlarga sifat deyiladi.
Belgi deganda, rang-tus, maza-ta’m, shakl-hajm, xil-xususiyat kabilar tushuniladi. Sifat gapda aniqlovchi, hol yoki
kesim bo’lib keladi. Sifat gapda otga bog’lansa, aniqlovchi, gapning oxirida kelsa, kesim vazifasini bajaradi.
Masalan: Bu ko’rkam bino – kasb-hunar kolleji. Bu gullar xushbo’y. 41.Sifat darajalari. Muayyan bir belgining ortiq-kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajasi deyiladi. Sifatlarda
to’rtta daraja bor: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, ozaytirma. Narsalar orasidagi belgi o’zaro
taqqoslanmasa oddiy daraja deyiladi. Masalan: yuksak, uzun, hushyor, kalta. Bir narsadagi belgining boshqalariga
nisbatan ortiq yoki kamligi qiyosiy daraja deyiladi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga -roq qo’shimchasini
qo’shish bilan hosil bo’ladi. Masalan: yuksakroq, uzunroq, hushyorroq, kaltaroq.Belgining bir narsadan
boshqalariga nisbatan eng ko’p ekani orttirma daraja deyiladi. Orttirma daraja eng, juda, nihoyat kabi so’zlar bilan
hosil bo’ladi. Masalan: eng yuksak, juda uzun. Belgining bir narsadan boshqalariga nisbatan bir qadar kam ekani
ozaytirma daraja deyiladi. Ozaytirma daraja sal, biroz, xiyla, nim kabi so’zlar bilan hosil bo’ladi. Masalan: biroz yuksak, sal uzun. 42.Son. Qancha?, necha?, nechanchi? so’roqlariga javob bo’lib, narsalarning son-sanog’ini va tartibini bildirgan
so’zlarga son deyiladi. Sonlar ikkiga bo’linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar. Qancha?, necha? so’roqlariga
javob bo’lgan sonlar miqdor sonlar, nechanchi? so’rog’iga javob bo’lgan sonlar tartib sonlar hisoblanadi. Son
gapda otga bog’lansa, aniqlovchi, fe’lga bog’lansa hol, gapning oxirida kelsa, kesim vazifasini bajaradi. Masalan:
Sinfimizda yigirma besh o’quvchi bor. U olmadan beshta oldi. O’nning yarmi – besh. 43.Sonlarning yozilishi. Ikki, olti, yetti sonlariga jamlikni bildiruvchi -ov, -ala qo’shimchalari qo’shilsa, asos
oxiridagi i unlisi tushib qoladi: Ikkala, oltov, yettov. Tartib sonlar arab raqam bilan yozilsa, -nchi, -inchi
qo’shimchalari o’rniga chiziqcha qo’yiladi: 2002-yil, 22-dekabr, 5-sinf, 6-qavat. Tartib sonlar rim raqamlari bilan
yozilsa, bu qo’shimchalar o’rniga chiziqcha qo’yilmaydi: IX sinf, XXI asr. Bir so’ziga -ta qo’shimchasi qo’shilsa,
bitta deb aytiladi va yoziladi.
44.Olmosh. Ot, sifat, son va boshqa so’zlar o’rnida qo’llanilib, ularga ishora qiluvchi so’zlar olmosh hisoblanadi.
Olmoshlar qaysi so’z o’rnida qo’llanilsa, o’sha so’zning so’rog’iga javob bo’ladi. Men, sen kishilik olmoshlariga
qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchalari hamda -niki qo’shimchasi qo’shilsa, bir n undoshi tushib qoladi:
t.me/tilshunoslik/beneficialeducation
6
Men+ning-mening, sen+niki-seniki. U, bu, shu, o’sha olmoshlariga jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi
qo’shimchalari hamda -ga, -dek, -day qo’shimchalari qo’shilsa, n undoshi orttiriladi: unga, shunda, bunda, shunday. ______________________________________________________________________________
45.Fe’l.Nima qilmoq?, nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’lib, harakat-holatni bildiruvchi so’zlarga fe’l deyiladi.
Fe’llar zamon, shaxs-son, bo’lishli-bo’lishsizlik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi qo’shimchalarga ega
bo’ladi. Masalan: yozmadim so’zida -ma qo’shimchasi bo’lishsizlik, -di qo’shimchasi zamon, -m qo’shimchasi esa
shaxs-son ma’nolarini bildiradi.
46.Fe’l zamonlari. Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabati fe’l zamonlari,
shunday ma’noni ifodalovchi qo’shimchalar esa zamon qo’shimchalari deyiladi. Fe’llarda uchta zamon bor: 1)