Ona tili, 5-sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/21
tarix19.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#117779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Ona tili, 5 sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’za

“Mehringni qo’yib, bunchalar saralab gul terding kimga?” Bulbul der: “Ochil g’uncha!” Ko’chirma gap darak 
bo’lsa, qo’shtirnoqdan so’ng nuqta qo’yiladi. Masalan: Donolar deydi: “Aql boylik bilan o’lchanmas”. 
31.Muallif gapi ko’chirma gapning boshqa o’rinlarida kelganda, tinish belgilarining ishlatilishi. Muallif gapi 
ko’chirma gapdan keyin, uning o’rtasida yoki ko’chirma gap muallif gapining o’rtasida kelsa, tinish belgilari 
quyidagicha ishlatiladi: Misollar: 1. “Aqlli kishi sabr etar har nafas”, - deydi Sa’diy Sheroziy. 2. “Jaholat – o’lim, 
- deb aytadi Nosir Xisrav, - bilim esa tiriklikdir”. 3. Alisher Navoiy: “Oz-oz o’rganib dono bo’lur, Qatra-qatra 
yig’ilib daryo bo’lur”, - deb aytgan edi. Ko’chirma gapli qo’shma gap tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin. 
M: “K”. “K”, - m. “K, - m, -k”. M: “K”, -m. M, m belgilari muallif gapini, K,k belgilari ko’chirma gapni ifodalash 
uchun qo’llanilgan. 
32.Dialog va ularda tinish belgilarining ishlatilishi. Ikki kishi o’rtasidagi suhbat dialog sanaladi. Dialogdagi har bir 
gap tire bilan boshlanadi. Bir kishining nutqi monolog sanaladi. 
______________________________________________________________________________ 
33.So’z turkumlari. Mustaqil va yordamchi so’zlar. Biror so’roqqa javob bo’lib, ko’pincha atash ma’nosini 
bildiruvchi, gapda ma’lum bir gap bo’lagi yoki undalma vazifasida keladigan so’zlar mustaqil so’zlar sanaladi. 
So’roqqa javob bo’lmaydigan, atash ma’nosini bildirmaydigan so’zlarga yordamchi so’zlar deyiladi. 
34.Ot. Shaxs, narsa-buyum, joy nomlarini bildirib, kim?, nima?, qayer? so’roqlariga javob bo’luvchi mustaqil 
so’zga ot deyiladi. Otlar son, egalik va kelishik qo’shimchalari bilan qo’llaniladi. Gapda otlar bosh va ikkinchi 


t.me/tilshunoslik/beneficialeducation 
5
darajali bo’lak, shuningdek, undalma vazifasida keladi. Otlar birlik va ko’plik sonda qo’llaniladi. Ko’pli otlarga -
lar qo’shimchasini qo’shish bilan hosil bo’ladi. Masalan: bola – birlik sonda, bolalar – ko’plik sonda. 
35.Turdosh va atoqli otlar. Bir turdagi narsa-buyumning nomini bildirgan otlar turdosh ot deyiladi. Masalan: 
qishloq, choynak, aka, daraxt. Ayrim shaxs yoki narsa-buyumga atab qo’yilgan nomlar atoqli ot deyiladi. 
Kishilarning ismi, familiyasi, joy hamda hayvonlarga atab qo’yilgan nomlar, gazeta, jurnal, kitob, tarixiy voqea 
kabilarning nomlari atoqli otlardir. Masalan: Toshloq tumani, Mustaqillik kuni, “Gulxan” jurnali, Olapar. Atoqli 
otlar doimo bosh harf bilan yoziladi. Kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, binolar hamda tashkilotga qo’yilgan nomlar 
qo’shtirnoq ichiga olinadi. Ammo shahar, kinoteatr, jamoa xo’jaligi kishilar nomiga qo’yilgan bo’lsa, qo’shtirnoq 
ishlatilmaydi. Ularda nomidagi, nomli so’zlari qo’llaniladi. 
36.Kelishik qo’shimchalari. Otlarga qo’shilib, ularni o’zidan keyin kelgan boshqa so’zlarga tobelashtirib bog’lab 
keladigan qo’shimchalarga kelishik qo’shimchalari deyiladi. Tilimizda 6 ta kelishik mavjud bo’lib, ulardan 
beshtasining qo’shimchasi bor: 1) bosh kelishik (-); 2) qaratqich kelishigi (-ning); 3) tushum kelishigi (-ni); 
jo’nalish kelishigi (-ga, -ka, -qa); 5) o’rin-payt kelishigi (-da); 6) chiqish kelishigi (-dan). 
37.Egalik qo’shimchalari. Otlarning uch shaxsdan biriga qarashli ekanini bildirgan qo’shimchalarga egalik 
qo’shimchalari deyiladi. Egalik qo’shimchasi qo’shilgan ot, albatta, o’zidan oldingi otning qaratqich kelishigida 
kelishini talab qiladi: (mening) kitobim, kitobing, kitobi; kitobimiz, kitobingiz, kitoblari. 
38.K va q undoshlari bilan tugagan otlarga egalik qo’shimchlari qo’shilganda, qanday eshitilsa, o’shanday yoziladi. 
Ya’ni k undoshi g tovushiga, q undoshi g’ tovushiga o’zgaradi. Masalan: tuproq – tuprog’i, terak – teragi. Ayrim 
so’zlarda bunday o’zgarish yuz bermaydi. Masalan: huquq – huquqi, idrok – idroki. 
39.O’g’il, burun kabi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, ikkinchi bo’gindagi i yoki u unlisi tushib qoladi va 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin