t.me/tilshunoslik/beneficialeducation
3
ko’pincha
qancha, naqadar, shunchalar, qanday so’zlar hamda undov so’zlar ishtirok etadi yoki kesim gapning
oldida keladi. Masalan:
Oh, naqadar go’zal ona tabiat! Yozuvda his-hayajon gaplar oxiriga undov belgisi
qo’yiladi. Agar so’roq gap his-hayajon bilan aytilsa, oldin so’roq belgisi, undan so’ng undov belgisi qo’yiladi.
Masalan:
Chiqmaysizmi?!
12.
Gap bo’laklari. Gap tarkibida ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi mustaqil so’z yoki so’zlar birikmasi gap
bo’laklari hisoblanadi.
13.
Kesim. Shaxs-son ma’nolarini bildirib,
nima qil (-di, -yapti va bosh)?, nima bo’l (-di, -yapti va bosh)?, kimdir?,
nimadir?, qayerdir? so’roqlariga javob bo’luvchi mustaqil so’zlar gapda kesim vazifasini bajaradi. Kesim gapning
mazmuniy markazidir. U boshqa bo’laklarsiz gap bo’la oladi. Masalan:
Yaxshimisiz? Keldi.
14.
Fe’l kesim va ot kesim. Kesim qanday mustaqil so’zlar orqali ifodalanishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: fe’l kesim
va ot kesim. Fe’l orqali ifodalanib,
nima qilmoq?, nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’luvchi kesimlar fe’l kesim
hisoblanadi. Masalan:
Qushlar sayraydi. Fe’ldan boshqa so’zlar orqali (ot, sifat, son, ravish, olmosh) ifodalanib,
kim?, nima?, qanday? so’roqlariga javob bo’luvchi kesimlar ot kesim sanaladi. Masalan:
Osmonimiz musaffo.
15.
Ega. Kesim bilan bog’lanib
kim?, nima?, qayer? singari so’roqlarga javob bo’ladigan bo’lak ega deyiladi.
Tahlilda eganing ostiga bir to’g’ri chiziq, kesimning ostiga esa ikki to’g’ri chiziq chiziladi. Masalan:
Bulbul
sayraydi. Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanilmasa, yozuvda egadan keyin tire qo’yiladi.
Masalan:
Toshkent – go’zal shahar.
16.
Sodda yig’iq va sodda yoyiq gaplar. Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo’lgan gap yig’iq gap
hisoblanadi. Masalan:
Qara. Men keldim. Kesimning boshqa bo’laklar bilan kengayishidan hosil bo’lgan gap yoyiq
gap deyiladi. Masalan:
Men uni ko’rdim.
17.
Hol. Fe’lga bog’lanib,
qachon?, qayerda (-ga, -dan)?, qanday (qilib)?, nima uchun?, nima maqsadda? singari
so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagiga hol deyiladi. Hol fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki
bajarilmaslik
paytini, o’rnini, tarzini, sababini, maqsadini bildiradi. Tahlil jarayonida hol ostiga nuqtalardan iborat
chiziq (……) chiziladi:
Maktabga ketdi.
18.
To’ldirvchi. Fe’lga bog’lanib,
kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimni?, nimani?, kim bilan?, nima bilan?
singari so’roqlarga javob bo’luvchi bo’laklarga to’ldiruvchi deyiladi. Tahlilda to’ldiruvchi ostiga uzuq chiziqchalar
(_ _ _ _ _ ) chiziladi:
Bu so’zdan Hamid ajablandi. To’ldiruvchi hokim bo’lakka kelishik qo’shimchalari yoki
ko’makchilar yordamida bog’lanadi.
19.
Aniqlovchi. Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga yoki nimaga qarashli ekanini bildirib,
qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, nechta?, kimning?, nimaning? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagiga
aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchiar ma’nosiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1. Sifatlovchi aniqlovchi. 2. Qaratqich
aniqlovchi. Tahlilda aniqlovchilar ostiga to’lqinli chiziq (~~~~ ) chiziladi.
20.
Sifatlovchi aniqlovchi. Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib,
qanday?, qanaqa?, qaysi?,
Dostları ilə paylaş: