«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə134/431
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#46231
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   431
8-sinf-ona-tili-konspekti

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8 -sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

39-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qing.

BIR SAHIFA SHARHI”

O‘tmishda mashhur bir kishi yolg‘iz o‘g‘lini uylantirish taraddudiga tushibdi. Doshqozonlarda osh damlanib, uzoq-yaqindan mehmonlar kelisha boshlabdi. Yigit kuyovnavkarlar bilan kelinni olib kelish uchun karnay-surnay sadolari ostida yo‘lga tushibdi. U kelinning ostonasiga qadam qo‘yishi bilan nima bo‘libdi-yu, holsizlanib yiqilibdi. Sanoqli daqiqalarda behush bo‘lib, jon beribdi. Qiyomat qoyim bo‘lib, qiy-chuv boshlanibdi...

...To‘yga atalgan osh janozaga tarqatilibdi.

Yaratganning bu ishidan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan ota davrining mashhur donishmandi huzuriga borib, voqeani so‘zlab beribdi va sababini so‘rabdi. Shunda donishmand:

Boravering, tushingizda ayon bo‘ladi, ertaga tongda kelasiz, – debdi.

Saharmardonda kelgan otaning ahvolini bayon qilishga til ojiz edi.

Donishmand so‘rabdi:

– Xo‘sh, ayon bo‘ldimi?

Qayoqdan ayon bo‘lsin, axir, men uxlamadim, – deb javob beribdi ota.

Shunda donishmand debdi:

– Unday bo‘lsa, quloq soling. Menga ayon bo‘ldi. Tushimda bir kutubxonaga borgan emishman. Bir kitobni o‘qimoqchi bo‘libman. Kutubxonachi kitobni berar ekan, ming istihola bilan qo‘shib qo‘yibdi:

– Bu kitob dunyo bo‘yicha yagona nusxada. Uzoq yurtlardan tolibi ilmlar biri uch oy, boshqasi olti oy yo‘l bosib kelib, uni o‘qiydilar. Ammo kitobning eng muhim fikr yozilgan asosiy bir sahifasi yo‘q – qaysidir nobakor uni yirtib olgan. Musofir tolibi ilmlar ushbu sahifadagi bebaho fikrdan bahramand bo‘lolmay, ming afsus-nadomatlar bilan qaytib ketadilar...

Sarosimaga tushgan ota boshiga osmon qulagandek behush yiqilibdi. Bir amallab hushiga keltirishgach, o‘ziga kelib, siniq ovozda hikoyasini boshlabdi:

– Ha, o‘sha nobakor menman. Yosh talaba edim. Kutubxonada bu noyob kitobni mutolaa qilayotgan edim.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin