Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
98mashq. Gaplardagi ajratilgan kesimlarni ikki guruhga ajratib ko‘chiring:
1) so‘z birikmasi bilan ifodalangan kesimlar: ...
2) ibora bilan ifodalangan kesimlar: ...
1. Botirjon, sal mazam qochdi. Boshim aylanib, ko`zim tinyapti. (S.Ahmad) 2. Og‘irchilikda sabr qilish – eng ulug‘ ne’mat. (Muhammad Zehniy) 3. Rangi quv o`chib, yupqa lablari titrab, ko`zlarining paxtasi chiqib ketdi. (H.Nazir) 4.Sabr shunday kuchli bir narsadirki, g‘azabni shijoatga, shiddatni halimlikka, kattalikni tavoze’ga, yomonlikni yaxshilikka aylantirmaklikka quvvati yetar. (Abdulla Avloniy)
Bilib oling.
Kengaygan birikma va ibora yaxlit holda bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi va o‘z ichida boshqa bo‘laklarga ajratilmaydi. Shuning uchun ular murakkab kesim hisoblanadi: 1. Dadam qo‘li ochiq edilar. 2. O‘g‘lining qilmishidan otaning boshi xam.
99-mashq. Quyida matndagi gaplarning faqat kesimlari berilgan. Nuqtalar o‘rniga tegishli gap bo‘laklarini qo‘yib yaxlit mazmunli matn yarating.
...lozim. ...o‘xshaydi. ...sodir bo‘ladi. ...qiyinlik qiladi.
73-topshiriq. Lug‘atdan bosh so‘zi ishtirok etgan iboralarga 10 ta misol topib, lug‘at daftaringizga ko‘chirib yozing.
Dostları ilə paylaş: |