149-mashq. Har bir gap bo‘lagini kesimning oldiga navbatma-navbat qo‘yib gaplarni ko‘chiring. Gap mazmunida qanday o‘zgarish bo‘layotganini aniqlang.
1. Dono suhbatidin bosh tortsa nodon, Davrondan yaxshilik ko`rmas hech qachon. (Abdurahmon Jomiy) 2. Hech kim ustodsiz topmas jahonda izzat-u joh, Nechakim hashmat bila Iskandari davron erur. (Poshshoxo`ja) 3. Oqillar oldida aql tarozisiga sig`magan so`zlarni gapirsangiz, xijolatda qolasizlar. (Ahmad Donish) O’z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim sharaflarga loyiq. (E.Xabbard) 5. Tarbiyada butun ish tarbiyachiniig kim ekanligiga bog‘liq. (D.Pisarev) 6. Tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarini qanday ko‘rishni istasa, avvalo, uning o‘zi o‘shanday bo‘lmog‘I lozim. (V.Dal)
Bilib oling.
Gapda so‘zlovchi tomonidan alohida ahamiyat berilib, ta’kidlab ko‘rsatilgan bo‘lakning kuchli ohang bilan aytilishi gap urg‘usi (yoki mantiqiy urg‘u) deyiladi. Gap urg‘usini ixtiyoriy ravishda ko‘chirish mumkin:
1. Kecha muzeyga biz bordik (biz bordik).
2. Biz muzeyga kecha bordik (kecha bordik).
3. Biz kecha muzeyga bordik (muzeyga bordik).
4. Bordik biz kecha muzeyga (bordik).
Ko‘rinadiki, asosiy fikr gap urg‘usini olgan bo‘lakka qaratilgan bo‘ladi.
Eslatma
Kesim mantiqiy urg‘u olganda gapdagi o‘rni o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: |