Savol va topshiriqlar.
1.Ajratilgan va uyushiq bo‘lakli gaplarning o‘xshashligi nimada?
2.Ajratilgan va uyushiq bo‘lakli gaplarning farqi nimada?
Uyga vazifa
175-mashq. Tinish belgilarini qo‘yib gaplarni ko‘chiring.
1. Hozir Humoyunning fili yonida birgina inisi oq otliq Hindol mirzo bormoqda. 2. Said Xalil mehrobda turgan charm muqovali ulkan kitob Qur’onga ko‘z tashlab, go‘yo undan madad olgan bo‘ldi-yu ovoziga sehrli tus berdi. 3. Said Xalil esa yana orqa qatorda ahli saodat uchun ajratilgan ikkinchi darajali “Osoyish” kemasida o‘ltirishga majbur. 4. Chand bibi qilich taqqan beshafqat ayol haram bekasining ixtiyorida qoldi. 5. Jamna bo‘yiga yuvinishga borsa, boshqa afsonaviy daryo Sarasvati yodiga tushadi. 6. Humoyunning chodiri turgan balandlikdan Gangaga kelib qo‘shiladigan yana bir daryo Karamnasa ham ko‘rinadi
Dostları ilə paylaş: |