«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars


a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b)



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə376/431
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#46231
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   431
8-sinf-ona-tili-konspekti

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

-mashq. Berilgan gaplarni ajratilgan bo‘lakli gaplarga aylantiring.

1. Quyosh qizil baxmal singari tovlanib, o‘zini azim chinorlar panasiga olganda, …, bu oqshomlar ko‘hna tabiat ko‘rki − tongdan ham musaffo bo‘lib ketadi. 2. Nazira qishloqqa tushib kelgan kunning ertasigayoq, …, qizlar uni o‘rtaga olib qo‘shiq ayttirishgan edi. “Yo‘q” deganiga qo‘yishmadi. Shunda u qandaydir laparni tutila-tutila aytib, zo‘rg‘a qutulgan edi. 3. Ko‘p o‘tmay, …, mehmonxona qarshisidagi klub odamlar bilan to‘ldi. 4. Tong yorishganda, …, ikki qiz fermaga kirib kelishdi. 5. Gulchehra bilan fermani aylanar ekan, eshik tomonga, …, qarab-qarab oladi. 6. Kolxoz umumiy majlislarining birida, …. rais hammaning oldida uning peshonasidan o‘pdi. (O`.Umarbekov. “Shirinsoy oqshomlari


170-mashq. Berilgan gaplardagi tinish belgilarini qo‘yib ajratilgan bo‘lakli gaplarni ko‘chiring. Ajratilgan bo‘lakli gaplardan tinish belgilari tushirib qoldirilsa, qanday mantiqiy xatoliklar kelib chiqadi?

1. Uydagi yig‘i-sig‘idan… onasining yuraklarni ezib yuboradigan nidolaridan uzoqda… kechgacha ko‘chama-ko‘cha sandiroqlab yuradigan bo‘lib qoldi. 2. Shu yerlik hamkasbi… urush yillari bir qismda xizmat qilgan qadrdon oshnasi: “Otpuskangni bir gal bizning shaharda o‘tkaz, Namangan ham kurort joylardan qolishmaydi”, – deb chaqirtirib kelgan edi. 3. Qop-qora sochini jingalak-jingalak qilib taragan… ingichka… ilon izi nusxa galstuk taqib… kifti keng kostyum kiygan o‘rta bo‘yli yigitga ilgarilari havas bilan qaragan odamlar endi uni ko‘rishsa… chetlab o‘tadigan bo‘lib qolishdi. 4. Mirsidiq bu qishloq qaerda o‘zi… uzoqmi, yaqinmi – surishtirmadi. 5. Do‘simboy ota boshidagi yangi marg‘ilon do‘ppisini olib… tizzasiga urib changni qoqqan bo‘ldi, ko‘kragiga tushib turgan moshkichiri soqolini tutamlab og‘ir xo‘rsindi. 6. Ular klubdan chiqishganda vaqt allamahal bo‘lib qolgan… ko‘k betini son-sanoqsiz yulduzlar qoplab olgan edi.




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin