«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə2/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
2 5474398773276836666

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Mustaqillik sharofati bilan respublikamiz dunyoning barcha mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqa qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. Respublikamiz fuqarolari turli mamlakatlarda bo’lib, o’rganib-o’rgatib qaytmoqdalar. Agar siz Toshkentdan poyezdga o’tirib, Moskva va u orqali Parijga safar qilsangiz, yolingizda qozoq, tatar, boshqird, rus, belorus, fransuz singari tillardagi gaplarni eshitasiz.
Bu jarayonda ularning ayrimlari ona tilingizga qaysi bir jihati bilan yaqin, shu bilan birga nimasi bilandir farqli ekanligi, ayrimlarining esa tamomila boshqa, ona tilimizga o’xshamasligining guvohi bo’lasiz. Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko’p bo’lgan tillar qarindosh; bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo’lmagan tillar qarindosh bo’lmagan tillar hisoblanadi. Hozirgi kunda yer yuzida mavjud bo’lgan 3000 dan ortiq til hind-yevropa, turkiy, xom-som, xitoy-tibet singari bir necha til oilalariga bo’linadi. Masalan, o’zbek, turk, turkman, qirg’iz, qozoq, tatar, uyg’ur, boshqird, ozarbayjon, qaraim, qoraqalpoq, bolqor singari tillar bir oilaga mansub bo’lib, ular turkiy tillar oilasi nomi bilan yuritiladi. Qarindosh kishilar bir ajdoddan tarqalgani kabi, qarindosh tillar ham bir ajdod tilidan kelib chiqqandir.
Ko’rinib turibdiki, o’zbek tili dunyo tillari tizimida turkiy tillar oilasiga mansub bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida erkin rivojlanib, o’sib bormoqda.


1-mashq. Gaplarni o’qing, tilning inson hayotida tutgan o’rni haqida suhbatlashing.
1. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir. O’z tilini yo’qotgan har qanday millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar. (I.Karimov). 2. Ko’ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so’z bil. (Alisher Navoiy). 3. Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur. (Abdulla Avloniy). 4. O’z Vataningga bo’lgan muhabbatingni o’z tilingga muhabbatingsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. (K.Paustovskiy). 5. Din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya sohalarida Amir Temur o’ta biluvchan edi. Ko’p o’qigan, Osiyoning eng unumli uch (turkiy, arabiy, forsiy) tilini juda mukammal bilgan hukmdor edi. (Alfons de Lamartin)


2-mashq. Matnni ko’chiring, so’zning qudrati haqida fikrlashing.
So’z benihoya qudratli narsa. Uni o’z o’rnida ishlata bilish uchun farosat, malaka va ziyraklik zarur. «Qobusnoma»da shunday bir hikoyat bor: Xalifa Xorun ar-Rashid tush ko’radi. Tushida barcha tishlari to’kilib ketgan emish. Xalifa tushni ta’bir qiluvchidan tushining ma’nosini so’raydi. U shunday deydi: «Sendan oldin barcha yaqinlaring, qarindosh-urug’laring o’ladi. Sendan boshqa hech kim qolmaydi». Bu so’zni eshitgan Xorun ar-Rashid: «Sen mening yuzimga bunday qayg’uli so’zni aytding. Mening barcha qarindosh-urug’larim o’lsa, so’ngra men qanday ishga yarayman-u qanday yashayman?» — dedi darg’azab bo’lib va unga yuz darra urishni buyuradi. Keyin boshqa bir ta’birchini chaqirib, undan tushining ma’nosini so’raydi. U bunday deydi: «Sening umring barcha qarindoshlaring umridan uzun bo’ladi». Shunda Xorun ar-Rashid: «Barcha aqlning yo’li birdir va ikkala ta’birning negizi bir yerga boradi, ammo bu ibora bilan u iboraning orasida farq bag’oyat ko’pdir», - deydi va unga yuz tillo berishni buyuradi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin