Ona tili darslarida qo’llaniladigan samarali metodlar Reja


Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish



Yüklə 32,82 Kb.
səhifə3/7
tarix27.03.2023
ölçüsü32,82 Kb.
#90394
1   2   3   4   5   6   7
Ona tili darslarida qo’llaniladigan samarali metodlar Reja

1.Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish. Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning lek­sik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma’noni ifodalaydi.
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.
So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.
Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);
3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi).
O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar. Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, maktab so’zidagi b harfi tovushini, maktabim so’zidagi harfi tovushini ifodalaydi);
2) jo’ja, jajji so’zlaridagi tovushi (jarang­li, portlovchi) ham, jurnal, vijdon so’zlaridagi tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta harfi bilan ifodalanadi;
3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi;
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy). 


Yüklə 32,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin