Ona tili darslarida ta'limiy o`yinlarni qo`llash



Yüklə 95,43 Kb.
səhifə14/30
tarix02.06.2023
ölçüsü95,43 Kb.
#122794
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Ona tili darslarida ta\'limiy o`yinlarni qo`llash

Qaratqich kelishigi

- ning

Karimning ukasi

Tushum kelishigi

-ni

Do`stini uchratdi

Jo`nalish kelishigi

-ga(-ka,-qa)

Onaga, tog`ga, buloqqa,bilakka

O`rin-payt kelishigi

-da

Maktabda o`qimoq

Chiqish kelishigi

-dan

Uydan chiqmoq

3-sinfda “Otlar son” mavzusi, ya’ni otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarda;


1)birlik va ko‘plikda qo‘llanilgan otlani ma’nosi va qo‘shimcha orqali farqlash.
2)birlikdagi otdan ko‘plik sondagi ot va aksincha, ko‘plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish.
3)gapda so‘zlarning bog‘lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildiradigan otlar taqqoslanadi: Qalam-qalamlar, nok-noklar kabi. Suxbat asosida nok so‘zi nechta (1 ta) predmetni va noklar so‘zi nechta (2 va undan ortiq) predmetni bildirishni aniqlanadi. (boshqa so‘zlar bilan ham shunday ashlanadi) Oddiygina xulosa chiqariladi va umumlashtiriladi; agar otlar bir predmetni bildirsa birlikda, 2 va undan ortiq predmetni bidirsa ko‘plikda qo‘llaniladi. Ko‘plikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga -lar qo‘shimchasi qo‘llaniladi. Birlikdagi otlar kim? Yoki nima? So‘rog‘iga, ko‘plikdagi otlar esa kimlar? Yoki nimalar? So‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Bu sinf o‘quvchilariga faqat birlikda qo‘laniladigan otlar, birlik shaklida qo‘llangan armiya, qo‘shin, xalq kabi otlar ko‘plik ma’nosini anglatadigan ma’nosi maxsus tushuntirilmaydi. Agar o‘quvchilar bu haqda savol bersalar, sodda shaklda tushuntirish mumkin.
Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanilishini kuzatish aslida so‘z formasi ustida ishlashning boshlang‘ich bosqich hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar otlarni ko‘plik qo‘shimchasi bilan o‘zgartirish, ya’ni otga forma yasovchi qo‘shimcha qo‘shish bilan so‘zning leksik ma’nosi o‘zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar.
“Otlarda egalik qo‘shimchalari” mavzusi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun murakkab hisoblanadi. Chunki bu mavzu o‘rganulgunga qadar, bolalar “shaxs” tushunchasi bilan xali tanishtirilmagan, kishilik olmoshlari hali o‘rganmagan bo‘ladilar. O‘quvchilarga egalik qo‘shimchasi predmet birlik va ko‘plikdagi 3 shaxsdan biriga tegishli ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. Shularni hisobga olib, o‘quvchilarni otlarda egalik qo‘shimchalari bilan tanishtirishda o‘qituvchi ishni sarlavhadagi “Egalik” so‘zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: ega bo‘lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlilik ma’nolarini bildiradi. Egalik qo‘shimchasi deyiaganda biror narsaga ega bo‘lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekanini bildiradigan qo‘shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llaniladi. Otga qo‘shilgan egalik qo‘shimchasi shu ot ifodalangan predmetning kimgadir qarashli ekanini, shu predmetni egasi ekanini bildiradi; kecha o‘qigan kitobim juda qiziqarli ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra’noning kitobi ham qiziqarli edi.
Kitobim, kitobing, kitobi so‘zlari so‘z tarkibiga ko‘ra taxlil qilinadi va o‘quvchilar kitob-o‘zak, -im, -ing, -i qo‘shimchalari qo‘shimcha ekanini aniqlaydilar.
O‘qituvchi kitobim va kitob so‘zlarini taqqoslashni, -im qo‘shimchasining ma’nosi haqida o‘ylab ko‘rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi. Bolalar qo‘shimchaning ma’nosi haqida fikr yuritadi. Ammo kitobim so‘zining ma’nosiga (mening kitobim –kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar. O‘qituvchi qisqa tushuntiradi. Tilda 3 ta shaxs mavjud; so‘zlovchi yoki 1-shaxs, tinglovchi yoki 2-shaxs, o‘zga yoki 3-shaxs.
Hozir men sizga so‘zlayapman, tushuntirayapman, demak, men so‘zlovchi, hozir siz meni (tushuntirayotgan mavzuni) tinglayapsiz demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) – o‘zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llanilishini bilasiz. Ma’lumki, biror narsa bir shaxsga yoki 2 va undan ortiq shaxsga tegishli bo‘lishi mumkin. Mana shu ma’nolarni, ya’ni biror predmetning birlik yoki ko‘plikdagi 3 shaxsdan biriga qarashli ekanini otga qo‘shilgan egalik qo‘shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so‘ziga qo‘shilgan, siz aniqlangan –im qo‘shimchasi kitobning 1-shaxsga taalluqli ekanini, ya’ni kitobning egasi 1-shaxs ekanini bildiradi. (-im, -ing, -i qo‘shimchalari ham shunday tushuntiriladi) Qisqa shunday xulosa chiqariladi; Otlarga qo‘shilgan mana shunday qo‘shimchalar egalik qo‘shimchalari deyiladi. Egalik qo‘shimchalari tegishlilik, egalik ma’nosini bildiradi.
Egalik qo‘shimchalari otlarga 2 xil variantda qo‘shiladi. Oxiri unli bilan tugagan otlarga –m, -ng, -si, -miz, -ingiz, -si egalik qo‘shimchalari, oxiri undosh bilan tugagan otlarga –im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo‘shimchalari qo‘shiladi. Shundan so‘ng o‘quvchilar “O‘zbek tili” darsligidagi qoidani o‘qiydilar. Jadvalni taxlil qiladilar.
O‘quvchilarga egalik qo‘shimchalari haqidagi ko‘nikmani shakllantirish uchun matndan egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llangan otni topish uni tarkibiga ko‘ra taxlil qilib, egalik qo‘shimcha shaxs sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo‘shimchasini qo‘shish, predmet qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Egalik qo‘shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar
bilan turlanishini o‘rganish jarayonida egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan, kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘rganish jarayonida esa egalik qo‘shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog‘lanib, so‘z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.
Kelishiklar sintaktika kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarining gapda boshqa so‘zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o‘rgatishda o‘quvchilarning gapda so‘zlarning bog‘lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o‘quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog‘langan so‘zlarni (so‘z birikmalarini) ajratishga o‘rganganlaridan so‘ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o‘quvchi ot gapda qaysi so‘z bilan bog‘lanishini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘langanda qo‘shimchalar bilan o‘zgarishi ancha oldindan kuzatilib boriladi. Aslida o‘quvchilar 1-sinfdayoq so‘z ma’nolarini o‘zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so‘z formasi nimaligini bilmaydilar. Bolalar keyingi sinfda forma yasovchi (so‘z o‘zgartiruvchi) qo‘shimchalar bilan tanishadilar. Bu qo‘shimchalar gapda so‘zlarni bog‘lashi uchun xizmat qilishini tushunadilar.
3-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik formalaridan ongli foydalanish va kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozishga o‘rgatish hisoblanadi.
Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o‘rganiladi. 1. Otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida ma’lumot berish; 2. Ko‘plikdagi otlarning turlanishini o‘rgatish; 3. Har bir kelishikning xususiyatlarini aloxida o‘rganish va u bilan bog‘liq holda kelishik qo‘shimchalarini yozilishi haqida ko‘nikma hosil qilish.
Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi turlanishi haqida tushuncha berish bilan o‘quvchilarga kelishik qo‘shimchalari gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qilishi, o‘zbek tilidagi 6 kelishik, ularning nomi, so‘roqlari, qo‘shimchalari va joylanish tartibi tushuntiriladi.
O‘quvchilar o‘zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o‘zlashtirishda foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta ahamiyat beriladi. Bajarilgan ish yozib boriladi. O‘quvchilar avval gapda ot bog‘langan so‘zdan shu otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar: keyin so‘roqqa qarab kelishikni aniqlaydilar, masalan, yashaydi (qayerda?)- qishloqda (o‘rin payt kelishigi) ular buni yaxshi o‘zlashtirgandan so‘ng mashq tez bajariladi, yozish talab etilmaydi.
Ko‘plikdagi otlarning turlanishini o‘rganishda nutqda tko‘plikdagi otlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini takomillashtirish maqsadi ko‘zda tutiladi. O‘quvchilar suxbat yordamida bosh kelishikdagi otning so‘rog‘ini va batta predmetni bildirishini aytadilar. (nima? – kitob, kim? - o‘quvchi). O‘qituvchi agar shu ot 2 va undan ortiq predmetni bildirsa, qanday so‘roqqa javob bo‘lishini, qaysi kelishikni bildirishini so‘raydi, ular qiynalmay javob beradi (nimalar? - kitoblar, kimlar? - o‘quvchilar). Xulosa chiqariladi: ko‘plikdagi otlar bosh kelishikda kimlar? yoki nimalar? So‘rog‘iga javob bo‘ladi. O‘quvchilar otlarning kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko‘plikda turlaydilar va ko‘plik qo‘shimchasi doim kelishik qo‘shimchasidan oldin qo‘shilishini, so‘roqlarini bilib oladilar.
Har bir kelishikning alohida o‘rganishning vazifasi kelishikni o‘rganish bilan bog‘liq holda kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqidagi malakani shakllantirish va o‘quvchilarning kelishiklar bilan turlangan otlardan ongli foydalanishlariga erishish hisoblanadi.
Kelishiklarni bilib olish maqsadida so‘roqlardan foydalaniladi. Buning uchun o‘quvchilar, birinchidan, so‘roqni otning yakka o‘ziga emas, balki gapda ot ma’no tomondan bog‘langan so‘zdan shu otga berishni o‘rganishlari, ikkinchidan, kelishiklarning so‘roqlarini yaxshi bilishlari zarur.


Yüklə 95,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin