Оnа tili dаslаridа аqli zаif o’quvchilаrning оbrаzli tаfаkkurini rivоjlаntirish yo’llаri


Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish bo’yicha metodik tavsiyalar



Yüklə 396 Kb.
səhifə12/16
tarix15.11.2022
ölçüsü396 Kb.
#69204
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
ona tili daslarida aqli zaif oquvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirish yollari

3. Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish bo’yicha metodik tavsiyalar

Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari muammosini nazariy va amaliy tomondan o’rganib, ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llarini xorijiy mualliflar ilmiy va metodik asarlarini taxlil etib, biz ayrim metodik tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo’ldik.


Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish ishlarini takomillashtirish muammosi nixoyatda dolzarb. Ushbu muammo ilmiy va metodik jixatdan davr talablaridan kelib chiqqan holda o’rganilishi maqsadga muvofiq.
Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish uchun:
- ona tili darslarida o’quvchilarning rivojlanishidagi o’ziga xos xususiyatlarini xar tomonlama o’rganish va hisobga olish;
- o’quvchilarning aqliy rivojlanish saviyasi, ko’rgazmali-obrazli tafakkurinining rivojlanishidagi o’ziga xos tomonlarini o’rganish;
-turli sinflarda aqli zaif o’quvchilarning o’quv predmetiga bo’lgan munosabatini hisobga olish;
-dars jarayonida xududiy (qishloq, shaxar) xususiyatlarni hisobga olish;
-ishlatilayotgan DTSlari, o’quv dasturlari hamda darsliklarida o’quvchilar ko’rgazmali-obrazli tafakkurini rivojlantirish masalalari yetarli darajada o’z ifodasini topishi;
-ona tili darslari o’qituvchilarini bolaning tafakkurini
rivojlantirishga oid o’quv-metodik adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadga muvofiq.
Psixologik, pedagogik, metodik adabiyotlar taxlili hamda o’qituvchilar ish tajribasini kuzatish, ta’kidlovchi eksperiment natijalari taxliliga asoslangan holda aqli zaif o’quvchilar ko’rgazmali - obrazli tafakkurini rivojlantirish jarayonida quyidagi usullarni qo’llash mumkin:

  • ko’rgazmali – xarakat umumlashmalarini shakllantirish;

  • buyum va xarakatlarni umumlashtirish (tashqi ko’rinishi, o’xshashligi );

  • amaliy tajribaga, sensor tarbiyaga tayangan holda nutqni o’stirish;

  • predmetlarni ifodalovchi obraz, model, ob’ektlarni farqlash , solishtirish malakasini shakllantirish;

  • xarakatni so’zdan ajratish, rejalashtirish, elementar tasniflash malakasini shakllantirish;

  • analiz va sintez jarayonini rivojlantirish;

  • buyum va xarakatlarni tasniflash;

  • syujetli – rasm, o’yin va o’quv faoliyati jarayonida abstraktsiyalash jarayonini rivojlantirish;

  • so’z ma’nosini tushunish imkonini amalga oshiruvchi nutqiy vositalarni ta’limda qo’llash ;

  • taqqoslash, o’zaro munosabatni tushunish, masala mazmunidan kelib chiqqan holda uni ko’rgazmali ifodalash, berilgan munosabatlarni ko’rgazmali sharoitda ajrata olishga o’rgatish;

  • matn mazmuni bo’yicha xulosa chiqarish, ma’lumotlarni analiz va sintez qilish;

  • mazmunan to’liq bo’lmagan, lekin nutqiy vositalar bilan ifodalangan javoblarni bayon etish;

  • nutqiy vositalarni tabaqalashtirib o’qitish, syujetli – rolli o’yin, tasviriy faoliyatning ommaviy turlariga axamiyat berish;

  • so’zli – mantiq tafakkurini shakllantirish;

  • nutqni fikrlash faoliyati sifatida shakllantirish. Bu jarayonni ko’rgazmali – amaliy faoliyat asosida xal etish ;

  • bolalarni predmetlarni nomlash, ular o’rtasidagi fazoviy munosabatlarni qo’llash, vaqtli ketma – ketlikni tavsiflash;

  • o’z xatolarini topish va belgilashga undash ;

  • fazo va vaqt munosabatlarini ifodalash uchun nutqiy vositalarni qo’llashga o’rgatish;

  • barcha fikrlash operatsiyalarini (analiz, sintez, taqqoslash, abstraktsiya, umumiylashtirish) rivojlantirishdir;

  • bir predmetni turli ko’rsatkichlar bo’yicha tasniflashga o’rgatish;

  • mantiqiy tushunchalarni tasniflash, deduktiv va induktiv xulosalar mantiqiy aloqalorni o’rgatishni ko’zda tutuvchi mantiqiy savodxonlikni tarbiyalash;

Tushunchalarni qo’llash, ularni bir-biri bilan bog’lash darajasiga ko’ra asosiy tasnifning tuzilishini egallash, xodisalar o’rtasidagi aloqa o’rnatish malakasini shakllantirish;
Voqea-xodisalar o’rtasidagi sabab oqibat munosabatlarini o’rnatish malakasini shakllantirish;
Konkret tushunchalar, mantiqiy terminlar mazmunini egallash davomida konkret tushunchali tafakkurdan abstrakt tushuncha tafakkurga o’tish va boshqalar.



Yüklə 396 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin