Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə48/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

95.Fe’l asoslariga -di, -b, -gan qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan qanday birlik hosil bo’ladi?
A) o’tgan zamon shakllari
B) hozirgi zamon shakllari
C) kelasi zamon shakllari
D) buyruq –istak mayl shakllari
96.-gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’noni bildiradi?
A) So’zlovchining o’zi o’tgan zamonda bevosita ko’rgan harakat va holatni bildiradi
B) Ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi .
C) Harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi .
D) Harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtida yuz berishini bildiradi .
97.Edi , ekan , emish fe’llarining gapda joylashish taribini belgilang.
A) Yetakchi fe’lning zamon shakllaridan so’ng keladi .
B) Yetakchi fe’lning zamon shakllaridan oldin keladi . C) A, B
D) SHaxs-son qo’shimchasini olgan yetakchi fe’ldan so’ng keladi .
98.-di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’no bildiradi?
A) harakat va holatni ilgariroq bajarilganini
B) ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi
C) so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi
D) harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi
99.Kelasi zamon fe’li shakllari qanday ma’nolarni ifodalaydi?
A) Harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan so’ng yuz berishini bildiradi .
B) Harakat yoki holatning aytilayotgan paytdan oldin yuz berishini bildiradi .
C) Harakat yoki holatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi .
D) A va C
100.Kelasi zamon fe’lining gumon, taxmin ma’nolari qaysi gapda mavjud?
A) Mening akam kollejda o’qiydi.
B) Dalaga suv chiqarganman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi .
C) Kunlarning sanog’ini bilmay qolasan .
D) Ertaga mashina kelar, kelmasa yo’lga chiqmayman .
101.Kelasi zamon fe’li qatnashgan gapni toping .
A) –Yaxshi tush ko’ribsan , -dedi oyisi . – Demak, uyga mehmon kelayotir .
B) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o’lkalarga uchib ketadi .
C) Men SHarqdan kelayotirman .
D) Kecha qarasam, tog’ang bilan ketayotgan ekansan .
102.Fe’lning qanday mayl shakllari mavjud?
A) xabar, buyruq va istak mayli
B) xabar, istak va shart mayli
C) buyruq, xabar va shart mayli
D) xabar, buyruq-istak va shart mayli
103.Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat
va holat, shuningdek, istak-xohishni bildiradigan fe’l shakli ...
A) xabar mayli B) buyruq-istak mayli
C) shart mayli D) buyruq-istak va shart mayli
104.Qaysi gapda buyruq-istak maylidagi fe’l qatnashgan ?
A) Men unga ariqlarni tozalab qo’yishni. gulzorga suv quyishni buyurdim .
B) Kel, do’stim, yuragimni senga ochay .
C) Odam qahrlansa, bilimsiz bo’ladi, jahl kelsa, aql ketadi .
D) Kabob uchun shaxardan zira-piralarni ham olib chiqib qo’ydik
105.Qaysi gapda shart maylidagi fe’l mavjud?
A) Otasi Qo’qonning Madalixon madrasasida bir necha yillar mudarris bo’lib ishlagan .
B) Odam bo’laman desang, kamtarlikni odat qil .
C) Yomg’ir tezroq tinsa edi, suvoqni yakunlar edik . D) B va C
106.Ko’r - ko’rgin, o’tir - o’tirgin. Quyidagi fe’l juftliklari haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri? 1.Har ikkala juftlik fe’lllari ham buyruq - istak maylida. 2.Ikkinchi qismga qo’shilgan - gin qo’shimchasi ma’noni kuchaytiryapti. 3.- gin qo’shimchasi lug’aviy shakl yasovchi hisoblanadi. 4.Har ikkovi shaklni o’zaro ma’nodosh deyish mumkin.
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 1, 2.3, 4 D) 1, 3, 4
107.Fe’lning zamon, shaxs - son qo’shimchalarisiz ifodalanishi qaysi qatordagi gapda mavjud?
A) Avvallari yashash uchun yozdim, endi yozish uchun yashayapman.
B) Qani endi, ertaga bir miriqib dam olsam.
C) Botir va Murod bog’ oralab kelyapti
D) Bu ishlarni o’z tananga o’ylab ko’r.

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin