Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə51/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

Yordamchi so’zlar.
Ko’makchi. Bog’lovchi. Yuklama.
Undov so’zlar. Taqlid so’zlar. Modal so’zlar.
1.Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar .... deyiladi .
A) mustaqil so’zlar B) yordamchi so’zlar
C) undov va taqlid so’zlar
D) modal so’zlar
2.Yordamchi so’zlarning vazifalari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
1.Mustaqil so’zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog’laydi. 2.So’zlarga qo’shimcha ma’no yuklaydi. 3.Mustaqil ravishda gap bo’lagi bo’lib keladi. 4.Atash ma’noli so’zlar o’rnida qo’llana oladi.
A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 3, 4 D) faqat 1
3.Yordamchi so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) ko’makchi, bog’lovchi
B) ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, taqlid so’z
C) ko’makchi, bog’lovchi, yuklama
D) undov, taqlid va modal so’zlar
4.Qaysi qatorda ko’makchining ta’rifi to’g’ri berilgan?
A) Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlar.
B) So’z yoki gaplarga so’roq, ta’kid ayirish-chegaralash, gumon, o’xshatish, inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so’z va qo’shimchalar..
C) Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar.
D) Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar.
5.Sof ko’makchilar va vazifadosh ko’makchilar qaysi qatorda to’g’ri ajratilgan?
1.sari 2.haqida 3.ost 4.bo’ylab 5.avval 6.qadar
A) 1- sof ko’makchi ; 2, 3, 4, 5, 6 - vazifadosh ko’makchi
B) 1, 2, 6, - sof ko’makchi ; 3, 4, 5- vazifadosh ko’makchi
C) 1, 2 - sof ko’makchi ; 3, 4, 5, 6 - vazifadosh ko’makchi
D) 1, 4 - sof ko’makchi ; 2, 3, 5, 6, -vazifadosh ko’makchi
6. Ko’makchilarning qanday ma’no guruhlari mavjud? 1.maqsad 2.yo’nalish 3.fikr mavzusi 4.o’xshatish, qiyoslash 5.chegara
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5
C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 5
7. Qaysi gapda maqsad ma’nosini bildiruvchi ko’makchi qatnashgan?
A) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin.
B) Bu kitob qo’liga tushgandan keyin, bosh ko’tarmay mutolaaga berildi.
C) Kitob ustida uzoq ishladi.
D) Dadam dam olish uchun Kosonsoyga jo’nab ketdi.
8. Yig’ilganlar Navro’z bayrami to’g’risida suhbatlashdilar. Ushbu gapda ko’makchining qanday ma’noviy guruhi mavjud?
A) maqsad B) sabab
C) fikr mavzusi D) chegara
9.Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni aniqlang.
A) sayin, bilan B) uchun, sari
C) kabi, qadar D) qosh, ko’ra
10. Sof ko’makchilar berilgan qatorni belgilang.
A) deya, deb B) atab, ro’para
C) uzra, tufayli D) qarab, yon
11.Sof ko’makchi haqida aytilgan qaysi fikr noto’g’ri? 1.sof ko’makchi urg’u olmaydi
2.ko’makchi doimo o’zidan oldingi so’zdan ajratib yoziladi 3.bilan , uchun ko’makchilari qisqartirib yozilganda so’zga qo’shib yoziladi
A) faqat 1 B) faqat 2 C) faqat 3
D) barcha fikr to’g’ri
12.-dek qo’shimchasi qaysi ko’makchilar bilan ma’nodosh bo’la oladi?
A) deb B) oldin C) kabi D) qaramay
13.Jo’nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo’shiladigan ko’makchilarni toping .
A) bo’ylab, chog’li, sari, uchun
B) doir, muvofiq, asosan, qaramay
C) tashqari, buyon, keyin, oldin
D) old, ust, ost, tag
14.Qaysi ko’makchi bosh va jo’nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo’shiladi?
A) yarasha B) singari
C) tomon D) boshlab
15.Qaysi gapda ko’makchi chegara ma’nosini bildirmoqda?
A) Nigora yaxshi xulqi, chiroyli muomalasi bilan ham obro’ga erishishi mumkin edi-ku!
B) Biz tongga qadar chizmakashlik bilan shug’ullandik.
C) Sohil bo’ylab piyoda sayr etar edik.
D) Men akam singari injener bo’lmoqchiman.

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin