Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə53/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

32.Biriktiruv bog’lovchi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Yo bir maslahatni aytib bo’ladi, yo ro’zg’or ishini.
B) Mamlakatimizda bayramlar ko’p, lekin Navro’zning tarovati, shukuhi o’zgacha.
C) Na qo’shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi.
D) Yaxshi xulq va adab sohibi qilib, Allo taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttiradi.
33.Vazifadosh bog’lovchilar berilgan qatorni toping.
A) va, hamda, lekin B) ya’ni, agar, chunki C) bilan, ham, -u(-yu) D) axir, hatto, hech
34.Ham bog’lovchi, ham modal so’z vazifasida kelishi mumkin bo’lgan so’zni toping.
A) bilan B) –da C) ham D) balki
35.Sof bog’lovchilar berilgan qatorni aniqlang.
A) va, ammo, biroq B) lekin, na-na
C) –da, va, balki D) basharti, negaki, -u(-yu)
36.Qaysi gapda bog’lovchi uyushiq bo’laklarni bog’lagan?
A) Otni soy bo’yiga bog’ladi va yuqoriga chiqib ketdi.
B) Goh menga, goh ukamga qarar edi u.
C) O’qidi-yu, tanidan chiqib ketdi muzdek ter
D) Uzumlar pishib qoldi hamda bog’bonlar yumushi ko’paydi .
37.Bu jarang-jurung ovozlar uning g’ashini keltirmas, balki xayolinichalg’itib, unga orom bag’ishlardi. Ushbu gapdagi balki so’zi qanday vazifada kelyapti?
A) zidlov bog’lovchisi vazifasida
B) modal so’z vazifasida
C) inkor bog’lovchisi vazifasida
D) mustaqil so’z turkumi vazifasida
38.Inkor bog’lovchisi qatnashgan gapni toping.
A) Goh quyosh to’kadi nur, goh yog’ib o’tadi yomg’ir.
B) Ishqilib, yo ilmli, yo hunarli bo’lish payida bo’linglar.
C) Na sen nazar qilding hammaga bir bor, Na men ayta bildim senga biror so’z.
D) Balki ko’ngling menga moyil emasdir,
Ammo gul keltirdim ataylab senga.
39. 1.Balki, siz haqdirsiz. 2. Siz emas, balki u haqdir. Gaplardagi balki so’zi haqidagi qaysi hukm to’g’ri?
A) 1- gapda zidlov bog’lovchisi, 2-gapda modal so’z
B) 1- gapda modal so’z, 2- gapda zidlov bog’lovchisi.
C) Har ikkovi gapda ham zidlov bog’lovchisi
D) Har ikkovi gapda ham modal so’z
40.Quyida aytilgan qaysi fikr noto’g’ri?
A) –u(-yu), -da yordamchilari ham bog’lovchi, ham yuklama bo’lib kelishi mumkin.
B) –u(-yu), -da vazifadosh bog’lovchilar sanaladi.
C) –u(-yu), -da o’zi qo’shilayotgan so’zdan chiziqcha bilan ajratiladi.
D) –u(-yu) yordamchisi uyushiq bo’laklarni bog’lasa ular o’rtasiga vergul qo’yiladi.
41.O’zaro bog’lanayotgan bo’lak yoki gaplardan birini boshqasidan ayirib ko’rsatuvchi bog’lovchilar …
A) biriktiruv bog’lovchilar
B) zidlov bog’lovchilar
C) ayiruv bog’lovchilar
D) inkor bog’lovchilar
42.Inkor bog’lovchisi ishtirok etgan gapda uning kesimi qanday shaklda bo’ladi?
A) inkor shaklida B) tasdiq shaklida
C) goh inkor, goh tasdiq shaklida
D) to’g’ri javob berilmagan
43.O’zaro tobe munosabatida bo’lgan gap bo’lagi va gaplarni bog’lash uchun ishlatiladigan bog’lovchilar . . . deyiladi.
A) zidlov bog’lovchilari
B) teng bog’lovchilar
C) ayiruv bog’lovchilar
D) ergashtiruvchi bog’lovchilar
44.Quyidagi bog’lovchilardan qaysi biri zidlov bog’lovchilari bilan ma’nodosh bo’lishi mumkin?
A) chamasi B) aftidan
C) holbuki D) shubhasiz
45.Aniqlov bog’lovchisi berilgan qatorni toping.
A) ya’ni B) chunki A) agar D) zero
46.Sabab bog’lovchisi ishtirok etgan gapni toping.
A) Vatanimiz poytaxtida, ya’ni Toshkentda, diqqatga sazovor joylar ko’p.
B) Qiz elektr-payvandchilik kasbini qunt bilan o’rgandi, negaki zavodda bu kasbga extiyoj katta edi.
C) Agar ko’klam qo’ldan berilsa, oqibati nima bo’lishini aytdi.
D) Hunar o’rgan, chunki hunarda ko’p sir.
47.Ergashtiruvchi bog’lovchilarning qaysi turidan oldin vergul qo’yiladi? 1.sabab 2.shart 3.aniqlov
A) 1 B) 1, 2 C) 1, 3 D) 1, 2, 3
48.Xalq bunday yolborishlarga quloq solmadi, ... g’isht qolipdan ko’chgan edi. Nuqtalar o’rniga qaysi bog’lovchilarni qo’llash mumkin? 1.biroq 2.agar 3.chunki 4.zero 5.va 6.yoki 7.negaki
A) 1, 3, 4, 7 B) 3, 4, 7 C) 2, 3, 6, 7
D) yuqoridagilarning barchasini qo’llash mumkin.

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin