Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə61/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

65. Uch karra uch – to’qqiz. Ushbu gapda tire nega qo’llanyapti?
A) ot kesim bog’lama yoki qo’shimchasiz ifodalangani uchun
B) ega son so’z turkumidan ifodalangani uchun
C) kesim son so’z turkumidan ifodalangani uchun
D) ega ta’kidlab aytilayotgani uchun
66. Sen yig’lasang, men ham yig’lab yuboraman. Ushbu gapda qanday kesimlar mavjud?
A) ikkita mustaqil sodda kesim B) ikkita murakkab kesim
C) ikkita nomustaqil kesim
D) bitta nomustaqil, bitta murakkab kesim
67. Gap kesimining qo’shimchalaridan anglashilib turgan ma’nosini aniqlashtiruvchi bo’lak...
A) kesim B) ega C) ajratilgan bo’lak D) hol
68. Ega qanday shakllarni qabul qila olmaydi?
1. egalik shaklini 2. ko’plik shaklini 3. qaratqich kelishigi shaklini 4. bosh kelishik shaklini 5.chiqish kelishigi shaklini
A) 1, 5 B) 1, 2.3.4.5 C) 3, 5
D) barcha shakllarni qabul qila oladi.
69. Ravish bilan ifodalangan egani toping.
A) Bu voqeani ko’pchilik o’zicha tushundi.
B) Ko’p so’zning ozi yaxshi, o’z so’zning o’zi yaxshi.
C) O’qigan o’qdan o’zar, o’qimagan turtkidan shoshar.
D) Bunda yashamoqda mehnatkashlar ko’p.
70. Taqlid so’z bilan ifodalangan egani aniqlang.
A) Qasir-qusur ovozdan cho’chib tushdim.
B) O’rnidan shop-shup qilib turib ketdi.
C) Qars ikki qo’ldan chiqadi.
D) Sen o’zingni maqtama, seni birov maqtasin.
71. Qo’shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi. Ushbu gapda ega qaysi so’z turkumidan ifodalangan?
A) sifatdan B) otdan C) taqlid so’zdan D) ega qo’llanmagan
72. Qaysi so’zlar otlashganda ega bo’lib keladi? 1. olmosh 2. son 3. sifatdosh 4. sifat 5. ravish 6. harakat nomi 7. taqlid so’z
8. modal so’z
A) 1, 3, 4, 5.7, 8 B) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 C) 1, 2, 3, 4.5, 6, 7, 8 D) 1, 2.4.5, 6.7, 8
73. Har narsaga qiziqish -- biz uchun eski odat.
Nima sababdan ega bilan kesim o’rtasiga tire qo’yilmoqda?
A) gapning egasi harakat nomi bilan ifodalangani uchun
B) gapning egasi ta’kidlab aytilayotgani uchun
C) kesim tarkibida kesimlik qo’shimchasi yoki bog’lama bo’lmagani uchun D) A va C
74. Kesim tarkibiga qo’shiluvchi bog’lamalar qatorini toping.
1. bo’ldi 2. qildi 3. edi 4. ekan
5. hisoblanadi 6. gapiradi 7. sanaladi
A) 3, 4 B) 1, 2.3, 4
C) 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4.5, 7
75. Yosh Alisherga Kamol Turbatiy ko’p mehribonlik qilgan edi. Ushbu gapdagi kesimni aniqlang.
A) qilgan edi
B) mehribonlik qilgan edi
C) ko’p mehribonlik qilgan edi
D) Alisherga mehribonlik qilgan edi
76. Kesim tarkibidagi bog’lamalarning vazifasi nimalardan iborat?
A) Asl mustaqil ma’nosini to’la yoki qisman yo’qotib, yordamchi vazifaga ko’chgan bo’ladi.
B) Fe’l bo’lmagan so’zlar bilan qo’shilib, kesimni shakllantiradi.
C) Mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalaydi. D) A, B, C
77. Egasiz gap berilgan qatorni toping.
A) Ishlamoq ishtaha ochar.
B) Oramizda birorta ham qoloq qolmasin.
C) Yugurish sportning bir turidir.
D) Bugun Samarqandga jo’naladi.
78. Egasi yashiringan gaplarning turini ko’rsating.
A) egasi (shaxsi) ma’lum gap va egasi (shaxsi) umumlashgan gap
B) shaxsi noma’lum gap va atov gap C) atov gap va so’z-gap
D) egali (shaxsli) gap va egasiz (shaxssiz) gap
79. Egasi (shaxsi) ma’lum gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan. B) Topshiriqni o’z vaqtida bajaring.
C) Avtobusga orqa eshikdan kiriladi.
D) Hamon yodimdadir: gul chog’i erdi.
80. Egasi umumlashgan gap berilgan qatorni aniqlang.
A) San-manga bormaylik, masalani odillik bilan hal qilamiz.
B) Avtobusga orqa eshikdan kiriladi.
C) So’zimizning ustidan chiqamiz.
D) Vazifani o’z vaqtida bajarish kerak.

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin