31. Qaysi hollarda ega bilan kesim orasida tire qo’yilmaydi? A) ega bilan kesim orasida ham yordamchisi bo’lsa
B) kesim shaxs qo’shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa
C) kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa D) A, B, C
32. Respublikamizning ko’plab pedagogika institutlari // masalan// Farg’ona, Namangan, Sirdaryo institutlari // universitetga aylandi. // belgilari o’rniga qanday tinishbelgilari qo’yiladi? A) ikki nuqta, vergul, tire
B) ikki nuqta, tire, vergul
C) vergul, ikki nuqta, tire
D) tire, vergul, tire
33. Mazmunan ancha mustaqil bo’lgan qo’shma gap qismlari orasida zidlovchi bog’lovchilardan oldin qanday tinish belgilari qo’yish mumkin? A) nuqtali vergul B) vergul
C) nuqta D) tire
34. Saida bunga juda suyundi // demak // hisobot yuzasidan bo’ladigan muzokara qizg’in tus oladi. // belgilari o’rniga qanday tinish belgilari qo’yish mumkin? A) tire, vergul B) ikki nuqta, vergul
C) vergul, vergul
D) birinchisi o’rniga ikki nuqta, ikkinchisi o’rniga hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi.
35. Qaysi qatordagi birikmalarda qo’shtirnoq ishlatilishi lozim? A) Navro’z bayrami, Ramazon hayiti
B) Mustaqillik kuni, Temiryo’lchilar kuni
C) Ozodlik haykali, CHorgoh kuyi
D) Bo’z tumani, SHohimardon qishlog’i
36. Ustidan achchiq-achchiq choy ham ichdi // bo’lmadi. // belgisi o’rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi? A) vergul B) tire
C) ikki nuqta D) nuqtali vergul
37. Odamlar bor // boshiga ko’tarar ellar, Odamlar bor // sadqayi el ketsin (SH). //belgisi o’rniga qanday tinish belgisi qo’yiladi? A) ikki nuqta B) tire C) vergul
D) hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi
38. “CHinor” ya’ni Asqad Muxtorning ajoyib romani meni juda qiziqtirdi. Ushbu gapda qaysi o’rinlarda vergul ishlatilishi lozim? A) ya’ni so’zidan keyin B) ya’ni so’zidan oldin
C) ya’ni so’zidan oldin va romani so’zidan keyin
D) ya’ni so’zidan keyin va romani so’zidan keyin
39. Hoy // bahodirlar // Mana // mard-u maydonning kattasi chiqdi. // belgilari o’rniga qanday tinish belgilari qo’yiladi? A) vergul, vergul, vergul
B) vergul, vergul, undov belgisi
C) undov belgisi, vergul, vergul
D) vergul, undov belgisi, vergul
40. Qalay Hamidboy ishlar o’ngidanmi? Ushbu gapda vergul qaysi o’rinlarda ishlatiladi? A) qalay so’zidan keyin B) Hamidboy so’zidan keyin
C) Hamidboy so’zining har ikki tomoniga
D) ishlar so’zining har ikki tomoniga
41. Ular bir-birlariga mamnun qarab qo’yishdi. Biroq O’ktam natijani bundan ham ortiq chamalaganini aytdi. Ushbu zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarda nima sababdan biroq so’zidan oldin vergul emas, nuqta qo’yilgan? A) bir paytda sodir bo’lgan voqea-hodisalar bo’lgani uchun
B) ketma-ket sodir bo’lgan voqea-hodisalar bo’lgani uchun
C) mazmunan ancha mustaqil gaplar bo’lgani uchun
D) nuqta emas, vergul qo’yilishi lozim edi.
42. “Bugun ko’chat ekishni tamomladik. – dedi qiz. – Halim bobo bo’lsalar dam olgani ketdilar”. Ushbu ko’chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qaysi fikr to’g’ri. A) tamomladik so’zidan so’ng vergul bo’lishi lozim.
B) dedi qiz dan so’ng vergul bo’lishi lozim
C) A va B
D) tinish belgilari to’g’ri qo’llangan.
43. Qaysi ko’chirma gapda zarur tinish belgisi qo’llanmagan? A) “Inson har doim quvnoq, xushchaqchaq bo’lishi va baxtiyor yashamog’i lozim”,
–degan edi Forobiy
B) Abu Rayhon Beruniy shunday deydi: “Erta-yu kech dushmanga zarar-u do’stga foyda keltirgan odam mardlarning mardidir”.
C) Mahmud Qoshg’ariy: “Botir jangda, dono majlisda sinaladi”, -- deb aytgandi. D) “Aqlli kishi sabr etar har nafas”—deydi Sa’diy SHeroziy.
44. Bolalar siz ehtimol CHolbolani ko’rmagandirsiz? Ushbu gapda qanday tinish belgilari ishlatilishi lozim? A) bolalar so’zidan keyin vergul
B) ehtimol so’zidan so’ng vergul
C) bolalar va ehtimol so’zlaridan so’ng vergul
D) bolalar so’zidan so’ng vergul, ehtimol so’zidan so’ng tire
45. Ko’chirma gapda asosan qanday tinish belgilari ishlatiladi? 1. nuqta 2. vergul 3. nuqtali vergul 4. ikki nuqta 5. tire 6. qavs 7. qo’shtirnoq A) 2, 4, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4.5, 7
C) 1, 2, 4.5, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
46. Otam “Mirzo” va “G’ulom” taxalluslari bilan talay she’rlar yozgan? (G’.G’.) Ushbu gapdagi tinish belgilarining qo’llanishi haqida bildirilgan qaysi fikr to’g’ri? A) tinish belgilari to’g’ri qo’llangan
B) “Mirzo” , “G’ulom” so’zlari qo’shtirnoqqa olinmasligi kerak edi.
C) Olingan manba (G’.G’.)dagi qavsdan so’ng nuqta bo’lishi lozim edi.
D) Qo’shtirnoq “Mirzo va G’ulom” ko’rinishida qo’llanishi lozim edi.
47. Viktor//Lizaning ukasi // ishchi-yoshlar maktabida, kichkina Liza bilan Karomat // bunisi Salomat xolaning qizi // ikkinchi smenada o’qishadi. // belgilari o’rniga qanday tinish belgilari qo’yish lozim? A) faqat vergul B) faqat tire C) faqat qavs
D) birinchi va ikkinchi // belgilari o’rniga vergul, ikkinchi va uchinchi // belgilari o’rniga qavs
48. Yaxshi ro’zg’or // jannat, yomon ro’zg’or // do’zax. // belgilari o’rniga qanday tinish belgilari qo’yiladi? A)vergul B) tire C) ikki nuqta
D) hech qanday tinish belgi qo’yilmaydi
49. Muhtaram otalar // opalar// kelinlar // o’g’illar // opa-singillar// sizga shu haqda murojaat qilamiz // belgilari o’rniga qanday tinish belgilari qo’yiladi? A) undov vergul, vergul, vergul, vergul
B) undov vergul, vergul, vergul, tire
C) barcha o’rinlarga vergul
D) vergul, vergul, vergul, vergul, undov
50. Ergashgan qo’shma gapdagi ergashgan gapning kesimi chiqish kelishigini olgan sifatdosh bilan ifodalansa qanday tinish belgisi qaysi o’ringa qo’yiladi? A) Kelishik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan keyin ikki nuqta qo’yiladi
B) Kelishik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan keyin nuqtali vergul qo’yiladi.
C) Kelishik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan keyin tire qo’yiladi.
D) Kelishik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan keyin vergul qo’yiladi.
51. Qaysi qatordagi birikmadagi qo’shtirnoq ishlatiladi A) Pomir tog’lari B) G’uzor tumani
C) Xotira kuni D) Ozodlik haykali
52. Qaysi qatordagi birikmalarda qo’shtirnoq noto’g’ri ishlatilgan? A) “Matbaa a’lochisi” nishoni
B) “Sog’liqni saqlash vazirligi” xodimlari
C) “O’zbekiston qahramoni” unvoni
D) “Dilorom” operasi
53. “CHet tilini bilish kerak. –dedi muallima. –Menimcha, chet tilini bilish fanni chuqur o’rganishda va mustaqil muloqotda juda zarur”. Ushbu ko’chirma gapdagi tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qaysi fikr to’g’ri? A) CHet tilini bilish kerak gapidan so’ng vergul qo’yilishi lozim edi.
B) dedi muallima gapidan so’ng vergul qo’yilishi lozim.
C) A, B D) tinish belgilari to’g’ri qo’llangan.
54. Biriktiruv bog’lovchisi vazifasida -u (-yu), -da yuklamalari kelsa, undan so’ng qanday tinish belgilari qo’yiladi? A) vergul qo’yiladi
B) hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi
C) -u (-yu) yuklamasidan so’ng vergul, -u (-yu) yuklamasidan so’ng hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi
D) -da yuklamasidan so’ng hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi.