20. O’rxun yozuvining yana qanday nomlari bor?
A) uyg’ur B) dulbarchin
C) sug’d D) lotin
21. Uyg’ur yozuvi qachongacha iste’molda bo’lgan?
A) XIX asrning birinchi yarmigacha B) VIII asrgacha C) X asrgacha D) XV asrgacha
22. Uyg’ur yozuvi qaysi yozuv asosida shakllangan?
A) sug’d B) turkiy-runik
C) arab D) lotin
23. Qaysi so’zlarda tutuq belgisi qo’llanishi lozim?
A) meros, sarhad, mantiq
B) sohib, narvon, tarnov
C) inom, qatiy, masul
D) taqiq, tana, surat
24. O’rxun yozuvi qaysi asrlarda turkiy xalqlar o’rtasida keng tarqalgan edi?
A)V-VIII asrlarda B) X-XII asrlarda
C) V-X asrlarda D) VI-VII asrlarda
25. Burun tovushlari berilgan qatorni toping.
A) l, m, n, ng, r B) m, l, r
C) m, n, ng D) l, z, ng, n
26. So’zlarning talaffuzida havo oqimining bo’linishi.... deyiladi.
A) bo’g’in B) fonema
C) so’z D) ohang
27. Fonema deganda nimani tushunasiz?
A) tovushlarning paydo bo’lishidagi nutq a’zolarining holati va harakati
B) ma’no anglatishda ishtirok etgan nutqning eng kichik qismi
C) so’zlarning talaffuzida havo oqimining bo’linishi
D) so’z tarkibidagi bo’g’inlardan birining zarb bilan aytilishi
28.Faqat ochiq bo’g’inli so’zlar qatorini belgilang.
A) il-hom, bar-za-ngi
B) i-ro-da, ma’-no
C) sa-do-qat, ra’-no
D) ta’-mir-lash, sa-ma-ra
29. Qaysi qatordagi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmagan?
A) doston, piyoda, marjon
B) vaholanki, fizika, ba’zan
C) qishloq, ertalab, bugun
D) kitobxon, darsxona, ziyo
30. Urg’u ma’no farqlash vazifasini bajargan so’zlarni belgilang. 1. tugma 2. toza 3. xola 4. oshiq 5. ishchimiz 6. bostirma
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5, 6
C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
31. Qaysi so’zlarda faqat jarangli undoshlar bor?
A) marosim, viloyat, jazo
B) mardona, jarangdor, bodom
C) asosiy, murod, dasturxon
D) gazmol, dilrabo, nasim
32. Qaysi qatordagi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilsa ham bo’g’in miqdori o’zgarmaydi?
A) og’iz, ko’ngil, qorin
B) biqin, sovun, taroq
C) tiyin, kiyim, mavzu
D) ruchka, shamol, haq
33. Mantiqiy urg’u olgan bo’lak, asosan, qaysi gap bo’lagi bilan yonma-yon keladi?
1. ega 2. kesim 3. to’ldiruvchi 4. aniqlovchi 5. hol 6. qaysi bo’lak bilan kelishi ahamiyatsiz.
A) 1 yoki 5 B) 3 yoki 4 C) 2 D) 6
34. Artikulyatsiya deganda nimani tushunasiz?
A) tovushlarning paydo bo’lishidagi nutq a’zolarining holati va harakati
B) ikki xil o’xshash tovushning o’zaro ta’sirida boshqa shu turdagi tovushning kelib chiqishi
C) so’z tarkibidagi bo’g’inlardan birining zarb bilan aytilishi
D) tovushlarning paydo bo’lishi va ularning akustik xususiyatlarini o’rganilishi
35. Faqat unli va sonorlardan tashkil topgan so’zlarni belgilang.
A) darmon, mangu, shamol
B) non, daryo, majnuntol
C) mumkin, jomadon, munis
D) mamnun, langar, ra’no
36. Qanday so’zlarda so’z urg’usi oxirgi bo’g’inga tushmaydi?
1.ayrim olmoshlarda. 2. ayrim ravishlarda. 3.ayrim modal so’zlarda. 4. ayrim ruscha-baynalmilal so’zlarda. 5.egalik qo’shimchasini olgan otlarda. 6. shaxs-son qo’shimchasini olgan fe’llarda. 7.yuklamalarni olgan so’zlarda.
A) 1, 3, 7 B) 1, 2, 3, 4, 6, 7
C) 1, 2, 3, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
37. Qaysi jarangli undoshlar o’z jarangsiz juftlari bilan birga sirg’aluvchi tovushlarga mansub bo’ladi?
A) b B) z C) r D) g
38. Qaysi qatorda lab undoshlari berilgan?
A) f, v B) b, m, p, f, v C) b, m, p D) d, t, s
39. U singlisiga og’zaki tanbeh berib, o’rnidan turdi va gapini davom ettirdi. Ushbu gapdagi so’zlar tarkibida qanday fonetik o’zgarishlar vujudga kelgan?
A) tovush tushishi B) tovush almashishi
C) tovush orttirilishi D) A, C
Dostları ilə paylaş: |