82. Qaysi qatordagi jarangli undoshlar o’z jarangsiziga aylantirilsa, boshqa so’z paydo bo’ladi? A) badan, jilg’a B) gardan, g’ijjak C) vafo, janr D) dala, zahar
83. Hosil bo’lish usuliga ko’ra z va m undoshlariga to’g’ri tavsif berilgan qatorni aniqlang. A) z – jarangli undosh, m – sonor undosh
B) z va m til oldi undoshlari
C) z – sirg’aluvchi undosh, m –burun undoshi
D) z – sirg’aluvchi undosh, m –portlovchi undosh
84. Tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra g va k undoshlariga to’g’ri tavsif berilgan qatorni toping. A) g va k portlovchi undoshlardir
B) g va k – til orqa undoshlaridir
C) g – jarangli undosh, k – jarangsiz undosh
D) to’g’ri javobberilmagan
85. k va ng tovushlarining hosil bo’lish o’rniga qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) til oldi undoshlari
B) lab-tish undoshlari
C) til orqa undoshlari
D) chuqur til orqa undoshlari
86. Talaffuzga moslashtirib yaratilgan yasama so’zni toping. A) gulla B) chog’lar C) achchiq D) ilmsiz
87. I tovushiga moyil talaffuz qilinadigan a unlili so’zni toping A) taalliq B) benatija
C) rohatbaxsh D) muomala
88. So’z juftliklarining qaysi birida xatolik bor? A) tili—tillik B) sila – silla
C) karra-kara D) medalli-medali
89. Talaffuzda ikki undosh orasida bir i orttiriladigan so’zlarni toping. 1.stakan 2. muhr 3. ilm 4. armon 5. vaqt 6. fikr
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6
C) 1, 3, 6 D) 2, 3, 5, 6
90. Lotin alifbosida xato yozilgan so’zlarni toping. A) oktabr, kod B) poezd, jyuri
C) bug’ga, bargga D) mo’tabar, mo’jiza
91. Vaholanki so’zida urg’u nechanchi bo’g’inga tushadi? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
92. Qaysi so’zda ng birikmasi qo’llanmagan? A) jiringlamoq B) tonggi
C) mingashmoq D) shudring
93. Faqat unli va til oldi undoshlaridan tashkil topgan yasama so’zni aniqlang. A) ommaviy B) aqlli
C) tinchi D) saylov
94. Berilgan jarangsiz undoshlarning qaysilari sirg’aluvchilarga mansub emas? A) f, h, x B) s, sh, x C) sh, f, h D) p, q, t
95. Faqat unli va sonor tovushlardan tashkil topgan so’zni belgilang. A) mangu B) sunbul C) tanbur D) ingliz
96. a, e, i unlilari qaysi xususiyatlariga ko’ra bir guruhga mansub? A) orqa qator va lablanganligiga ko’ra
B) old qator va lablanmaganligiga ko’ra
C) o’rta keng va lablanmaganligiga ko’ra
D) quyi keng va lablanganligiga ko’ra
97. Aytilishi yozilishidan farq qilmaydigan so’zni toping. A) avtomobil B) izhor
C) tavba D) mardona
98. Ochiq bo’g’inli ismlar qatorini belgilang. A) Anora, Alijon, A’zamjon
B) Iroda, Nafisa, Alisher
C) Nasiba, Ziyoda, Nuri
D) yuqoridagilarning barchasi ochiq bo’g’inli
99. Bir tovush bilan farq qilishi mumkin bo’lgan so’zlarni toping. A) topshiriq, ne’mat, zehn
B) avlod, inshoot, ozoda
C) yengil, ikkala, to’g’ri
D) paxta, xalos, urish
100. Qaysi so’zlarga qo’shimchalar qo’shilganda qo’sh undoshning biri yozilmaydi? A) ikki B) metall C) jizza D) muammo
101. Quyidagilardan qaysi biri urg’uyordamida ikki xil so’z turkumiga aylanishi mumkin? 1. qovurma 2. tupurma 3. buzulma 4. damlama 5. buyurtma
A) 1 B) 2, 4, 5 C) 1, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5
102. Sening tarqoq fikrlaring, og’zaki maslahatlaring uzoq yashay olmadi, o’g’lim. Ushbu gapdagi fonetik o’zgarish necha yasama so’z doirasida kuzatiladi? A) 1 so’zda B) 2 so’zda
C) 3 so’zda D) 4 so’zda
103. Qaysi so’zdagi til oldi undoshi og’zaki nutqda lab-lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi? A) shitob B) sunbul
C) maqsad D) fikr