5 – sinf o’zbek tili IV chorak 1. Qaysi kelishikning qo`shimchasi bo`lmaydi?
A. Bosh B. Qaratqich D. Tushum E. Jo`nalish
2. Kalta Minor, Juma masjid qaysi shaharda joylashgan? A. Toshkent B. Buxoro D. Samarqand E. Xiva 3. Nuqtalar o’rniga – ning qo’shimchasi qo’yiladigan gapni toping? A. Mevalar … doim yuvib yeyish kerak. B. Ob- havo … kuzatib turishdi. D. Bugun singlim … tug’ilgan kuni. E. Fikr . . . yaxshilab tushunib ol. 4. Predmetning xususiyatini bildiruvchi sifatlar qaysi javobda? A. Shirin, achchiq, nordon B. novcha, og`ir, katta D. devoriy,tonggi,xushbo`y E. kamtar, xushfe`l,sho`x 5. Orttirma darajali sifat berilgan qatorni toping. A. eng go`zal, juda baland B. kattaroq, yaxshi D. nordon, chuchuk E. tekis, ravon
6. Svetoforning yashil chirog`i yondi. Ushbu gapda sifatning qaysi belgisi mavjud?
A. Rangi B. Shakli D. Xususiyati E. Maza – ta`mi
7. Nuqtalar o`rnini to`ldiring. Biz bayram konserti uchun tayyorgarlik ko`r... .
A. – moqda B. – yapmiz D. – dilar E. - ing
8. Buxoro qadimdan nimasi bilan mashhur? A. Zargarlari, olimlari, hunarmandlari B. Ustalari, kulollari
D. Zardo`zligi, atlas, adraslari E. Pichoqlari, qo’shiqlari
9. Qaysi gapda xarakter – xususiyat bildiruvchi sifat qatnashgan? A. Sanamay sakkiz dema. B. Odobli bola elga manzur. D. Mehnat tagi rohat E. Nima eksang, shuni o`rasan. 10. Sho`r ovqat sog`lik uchun zararli. Gapda sifatning qaysi belgisi mavjud? A. Rang – tusi B. Maza - ta`mi D. Hajmi E. Shakli
11. Qaysi gapda jo`nalish kelishigi qo`llangan? A. Bugun kutubxonaga boraman. B. Maktabdan o`n ikkilarda kelaman. D. Dugonamni tabrikladim. E. Darslardan yaxshi o`qiyman. 12. Kimda? nimada? qayerda? qaysi kelishikning so`roqlari? A. Tushum B. Jo`nalish D. O`rin-payt E. Chiqish
13. Qaysi so`zlar xususiyatni bildiruvchi sifatlar hisoblanadi? A. andishali, sho’x B. qimmatli, egri D. pushti, qirmizi E. mazali, yumaloq
14. Chiqish kelishigi qanday savollarga javob beradi? A. kimga? nimaga? B. kimning? nimaning? D. kimdan? nimadan ? E. kimda? nimada? 15. Qaysi javobda tushum kelishigidagi so`zlar berilgan? A. onamning, do`stimning B. Vatanimizni, ukamni D. maktabda, kinoda E. gazetadan, kitobdan 16. Maktabda, uyda, ko`chadaso`zlari qanday so`roqqa javob beradi? A. Nimada? B. Qachon? D. Kimda? E. Qayerda? 17. O`zbekiston milliy bog`ida kimning haykali bor? A. Amir Temur B. Alisher Navoiy D. Ulug`bek E. A.Avloniy 18. Hajm – o`lchov sifatlari berilgan qatorni toping.
A. mazali, chiroyli B. oq, mayin D. odobli, sho`x E. katta, kichik
19. O`zbek tilida nechta kelishik bor? A. 5ta B. 6ta D. 3ta E. 7ta
20. Registondagi madrasa nomlarini yozing.
21. Qay tomondan boqma unga, Darrov ko`zga tashlanar. Qaysi she`rdan parcha va muallifi kim?
22. “ Yoniq ko`k chiroq” she`ri muallifi kim?
23. Totli, chuchuk, nordon - sifatning qanday belgisini bildiradi?
24. 5 ta transport turini yozing.
25. Chunki uning kiyimi, Toza edi juda ham. Qaysi she’rdan parcha?