Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə9/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

33. Qaysi qo’shimchalar uch xil aytiladi va shunday yoziladi?
1. faqat jo’nalish kelishigi 2. –gacha, -gin, -gina qo’shimchalari 3. –gach, -guncha, -gundek qo’shimchalari 4. –gan qo’shimchasi 5. o’rin-payt kelishigi
A) faqat 1 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3
34. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo’shma otlar qanday yoziladi?
A) ba’zan qo’shib, ba’zan ajratib yoziladi
B) ajratib yoziladi
C) qo’shib yoziladi D) bunday so’zlar mavjud emas
35. Qaysi so’z imlo qoidasiga ko’ra noto’g’ri yozilgan?
A) badxo’r B) badqavoq
C) projektor D) gugurt
36. Tarkibli nomning qaysi biri to’g’ri yozilgan?
A) O’zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi
B) O’zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi
C)O’zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik partiyasi
D) O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi
37. Qaysi qatordagi so’z morfologik yozuv qoidasi asosida yoziladi?
A) buloqqa B) ishga C) elakka D) so’roqqa
38. Hozirgi o’zbek adabiy tilining lug’at boyligi qaysi manba negizida tarkib topgan?
1.umumturkiy so’zlar 2.o’zbekcha so’zlar 3. tojik tilidan kirgan so’zlar 4. arab tilidan kirgan so’zlar 5. rus tilidan kirgan so’zlar
A) faqat 1 va 2 B) faqat 1
C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5
39. Qaysi qatordagi so’zlarda tovush tushishi yuz bergan?
A) parvosi, shunga, bunda
B) sana, yasha, tarqoq
C) og’zi, yarmisi, susay
D) o’rin, burun, qorin
40. Qaysi qatorda –lik qo’shimchasi to’g’ri qo’llangan?
A) kuchlik B) uychilik
C) ilmlik D) uylik-joylik
41. Qaysi so’zdagi qo’shimcha noto’g’ri yozilgan?
A) og’gan B) sog’ga
C) ketti D) kelmabdi
42. Ketma-ket kelgan bir xil undoshlarning biri tushirilganda so’z ma’nosi o’zgaradigan qatorni belgilang.
A) millat, quvvat, jajji
B) issiq, achchiq, marra
C) xullas, kurra, pilla
D) darra, modda, taqqa
43. Qaysi qatordagi so’zlarda tutuq belgisi tushirib qoldirilsa yangi so’z hosil bo’ladi?
A) ma’no, ra’no B) sur’at, she’r
C) shu’la, qit’a D) a’lo, jur’at
44. Qaysi qo’shma so’zlar qo’shib yozilishi lozim?
A) semiz o’t B) gul ko’rpa
C) bo’ta ko’z D) barchasi qo’shib yoziladi
45. Kilogramm so’ziga –mi yuklamasi qo’shilganda qaysi holat yuz beradi?
A) kilogrammmi? B) kilogrami?
C) kilogrammi? D) kilogramm-mi?
46. Qaysi so’zda tutuq belgisi bo’lishi lozim?
A) taqiq B) ray C) talafot D) ayvon
47. Qaysi so’zdagi nisbat qo’shimchasi noto’g’ri yozilgan? 1. quvdir 2. egdir 3. kuldir 4.yondir 5. o’tkazdir 6.tikdir 7.uyaltir
A) 5, 7 B) 2, 6, 7 C) 6 D) 2
48. Qaysi yasama fe’llar noto’g’ri yozilgan?
A) shovilla B) lovulla C) gurulla D) barchasi to’g’ri yozilgan
49. Qaysi qo’shma so’z qo’shib yozilishi lozim?
A) hamma vaqt B) temir yo’l C) mol qo’ra D) barchasi qo’shib yoziladi
50. Qaysi tartib sonlarning yozilishida xatolik mavjud?
A) 5-“A” sinf B) 3, 7, 8-sinflar C) 60-yillar D) XX asr
51. Qaysi fe’l qismlari fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
1. aytib ber 2.yiqila yozdi 3.bilarkan 4.ketgan emish 5.aytaver
A) 1, 3, 4 B) 3, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5
52. Qaysi qatordagi so’zlarning yo birinchisi, yo ikkinchisi imlo qoidasiga ko’ra xato yozilgan?
A) sho’ng’imoq – sho’mg’imoq
B) quvlamoq – quvalamoq
C) kaptar – kabutar
D) barchasi to’g’ri yozilgan
53. Morfologik yozuvning ta’rifi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.
A) So’z va qo’shimchalar qanday aytilsa, shunday yoziladi
B) Boshqa tillardan kirgan so’zlar qanday yozilgan bo’lsa, shu shakl saqlanadi
C) So’z va qo’shimchalar talaffuziga qarab emas, balki qabul qilingan qoidalar asosida yoziladi
D) ilmiy-lingvistik tahlil uchun nutqiy talaffuzning aynan harfiy ifodasi

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin